Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismonan va ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Nozima Ibragimova tomonidan talaba qizlar uchun «Maqsadni to’g’ri qo’yish va bu maqsadlarga erishish usullari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga ko‘p yillik tajribaga ega psixolog, O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi «Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi o’qituvchisi Yulduz Dosjanova taklif etildi.





