Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyatining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, Sharq Uyg‘onish davrining eng yirik shoir va mutafakkirlaridan sanaladi. Uning ijodi nafaqat adabiyot, balki tilshunoslik, falsafa, tasavvuf va siyosat sohalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. - Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimi R.Oltinboyev
Sharq adabiyotida hali hech kimga hazrat Navoiychalik ko‘p g‘azal yozishlik nasib qilmagan. Bu faqatgina sonda emas, balki ularning mohiyatida ham o‘z aksini topgan. Bu haqida Abdurahmon Jomiy “Bahoriston” asarida shunday yozadi: “Turkiy tilda hech kim Navoiydek koʻp va xoʻp sheʼr aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi”. - 203-guruh talabasi Toshboyeva Madina
Islom tarixiga nazar tashlasak, ko‘plab allomalar, adiblar va mutafakkirlar ilm-ma’rifat bilan ummatga xizmat qilganini ko‘ramiz. Ana shunday buyuk zotlardan biri Alisher Navoiy bo‘lib, nafaqat she’riyat, balki tilshunoslik, tasavvuf, axloqiy tarbiya va davlat boshqaruvi sohalarida ham ulkan iz qoldirgan. Bugungi maqolamizda biz Alisher Navoiyning hayoti, ilmiy va diniy qarashlari hamda biz, talabalar uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida fikr yuritamiz. - 103-guruh talabasi Zarifaxon Abduqahhorova
She’riyat mulkining sultoni, sultonlar qilichla egallay olmagan hududlarni qalam bilan egallagan, turli millatlarni bir qalam bilan birlashtirgan, turkiy til naqadar boy va qiymatli ekanligini butun olamga isbotlab bergan buyuk iste’dod va kamolot sohibi Mir Alisher Navoiy o‘z davrining ilm-u maorif o‘chog‘i hisoblangan Hirot shahrida dunyoga keladi. - 203-guruh talabasi Guljahon Aminjonova
Қадимий Ўзбекистон заминида, гўзал Зарафшон воҳасида Шарқ Уйғониш даврининг ёрқин намояндаси, буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий номи билан аталадиган навқирон шаҳарда илк бор ўтказилаётган ушбу форумнинг нуфузи дунё миқёсида тобора ортиб бормоқда.