Imom Navaviy (vaf. 676/1277-y.) rahimahulloh o‘zining yozgan asarlari bilan islom ilmlari, xususan hadis va fiqh ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik olim sanaladi. Ijtihod va fatvolari shofe’iy mazhabida mo‘tabar va mo‘tamad hisoblanganidek, hadis ilmida yozgan asarlari ham soha ulamolari nazdida qadrli va mavqei baland kitob hisoblanadi. Imom Navaviyni “Irshod tullab al-haqoiq” asarini ulamolar tarojimlar (olimlarning hayoti yoritilgan asarlar)da muallifning muhim ta’liflari qatorida zikr qilishadi. Kitobning to‘liq nomi: “Irshod tullab al-haqoiq...Read More
Ilmiy mazmundagi asar, kitob yoki maqolalarni o‘qish jarayonida o‘quvchi oldida ko‘plab istilohlar, atamalar, terminlar hamda maxsus ilmiy iboralar uchrab turishi odatiy holatdir. Chunki har bir ilmiy soha yoki fan o‘ziga xos terminologiya tizimiga ega. Ushbu terminlar o‘sha sohaning asosiy tushunchalarini aniq, qisqa va bir ma’noli tarzda ifodalashga xizmat qiladi. Agar oldimizdan bizga ma’lum bo‘lmagan istilohlar chiqsa, hozirgi kunda qiladigan ishimiz internet yoki sun’iy intellektdan foydalanishdir. Internet va sun’iy intellekt tadqiqotlarda...Read More
“Shayxul islom” Sufyon Savriy rohmatullohi alayhi hadis toʻplamiga ega buyuk muhaddis, hofizlar imomi, mujtahid faqih, oʻz zamonida olim-u zohidlar toji sifatida tanilgan zotdir. Sufyon ibn Saʼid Savriy rohmatullohi alayhining toʻliq ismi: Sufyon ibn Saʼid ibn Masruq ibn Habib al-Kufiy. U zotning kunyasi Abu Abdulloh boʻlib, 97/716-yilda Kufada tugʻilgan. Ilmiy faoliyati mobaynida Nishopur va Makka shaharlariga safar qilgan, ulamolaridan ilm olgan va hadis eshitgan. Ulomolar tomonidan u zot haqida koʻplab maqtovli...Read More
Мисрдаги ислом оламининг нуфузли илмий-диний маркази — Ал-Азҳар раҳбарияти Ўзбекистон билан илмий ва маърифий соҳадаги ҳамкорликни янада кенгайтиришга тайёрлигини билдирди. Бош имом шайх Аҳмад ат-Таййиб Ўзбекистон делегацияси билан учрашувда икки томонлама илмий лойиҳаларни йўлга қўйиш муҳимлигини таъкидлади. Учрашувда таълим ва илм-фан соҳасидаги қатор қўшма ташаббуслар муҳокама қилинди. Жумладан, қуйидаги йўналишларда ҳамкорликни кучайтириш масалалари кўриб чиқилди: - уламолар ва мутахассислар ўртасида тажриба алмашинув дастурларини йўлга қўйиш; - ўзбек талабаларининг Ал-Азҳарда таълим...Read More
Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilgan har bir davlat avvalo o‘zining mustahkam konstitutsiyasiga tayanadi. Chunki Konstitutsiya – bu shunchaki qog‘ozda yozilgan qoidalar emas, balki xalqning irodasi, davlatning yo‘nalishi va jamiyatning ertangi kuni belgilangan bosh hujjatdir. Davlatning qanchalik adolatli, boshqaruvning qanchalik tartibli, fuqarolarning qanchalik erkin yashashi aynan Konstitutsiyaga bog‘liq bo‘ladi. - Toshkent islom instituti 102-guruh talabasi Abdulboqiyev ShukrulloRead More