Тошкент ислом институти ректори У.Ғафуров жорий йилнинг 6 декабрь куни Тошкент ислом университетининг 2-босқич талабалари учун ташкил этилган махсус курс маърузаларида “Диний таълим ва унинг истиқболлари. Соҳа мутахассисларини тайёрлашнинг долзарб масалалари” мавзуида маъруза билан иштирок этди. Ўзбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2016 йил 18-19 октябрь кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилган Ислом ҳамкорлик ташкилоти Ташқи ишлар вазирлари кенгашининг 43-сессиясидаги топшириғига кўра Тошкент ислом университети таркибида Таълим, фан ва маданият масалалари буйича ислом ташкилоти – ISESCOнинг Махсус кафедрасини ташкил этиш ва кафедра негизида махсус курсларни ўтказиш таклифини берган эди. Шундан келиб чиқиб, Тошкент ислом университети 2-боскич барча йўналиш талабалари учун “Ислом цивилизацияси” номли махсус курс маърузалари ўтказилмоқда. Администратор 374
Ўзбекистон мусулмонлари идораси томонидан “8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 25 йиллиги” муносабати билан ўтказилган анъанавий футбол турнирида институтимизнинг “Бухорий авлодлари” футбол жамоаси ноқулай ва совуқ об-ҳаво шароити қарамасдан фахрли 3-ўринни қўлга киритди. Қизғин ва муросасиз кечган турнир баҳсларида “Бухорий авлодлари” жамоаси ҳамжиҳатлик кўрсатиб, ярим финал босқичида бўлиб ўтган ўйиннинг асосий вақтида ЎМИнинг “Ҳазрати Имом” футболчилари билан 6:6 ҳисобни қайд этди ва пенальтилар сериясида эса омад “Ҳазрати Имом” жамоасига кулиб боқди. Шундай қилиб, ярим финал ўйинлари натижаларига кўра, турнирнинг финал босқичида ЎМИнинг “Ҳазрати Имом” ва Тошкент шаҳар вакиллигининг “Минор” жамоалари баҳс олиб борадиган бўлди. 3-ўрин учун ўйин Тошкент ислом институтининг “Бухорий авлодлари” ва “Мовароуннаҳр” нашриётининг “Мовароуннаҳр” жамоалари ўртасида бўлиб ўтиши аниқланди. Турнирнинг финал босқичида Тошкент шаҳар имомларидан иборат “Минор” жамоаси ЎМИнинг “Ҳазрати Имом” жамоасини мағлуб этиб 1-ўринни, “Ҳазрати Имом” футболчилари эса 2-ўринни эгаллади. Аввал айтилганидек, 3-ўрин учун ўйин “Бухорий авлодлари” ва “Мовароуннаҳр” жамоалари ўртасида бўлиб ўтди. Голларга бой бўлган ўйиннинг асосий вақти 18:18 ҳисобида якунланди. Пенальтилар сериясида институт аъзолари 4 марта дарвозани ишғол қилишган бўлса, нашриёт жамоаси 1 та гол уришга эришди. Ўйин натижаларига кўра, “Бухорий авлодлари” жамоаси 3-ўринни қўлга киритди ва кубок, 3-даражали диплом ҳамда совғалар билан тақдирланди. Турнир якунларига кўра турли номинациялар бўйича ҳам совриндорлар аниқланди. Институтимиз аъзолари Ахматқулов Элёржон “Энг яхши ҳужумчи” бўлган бўлса, Бухарбоев Ёқубжон эса “Энг яхши ярим ҳимоячи” деб тан олинди. Эслатиб ўтамиз, 2017 йилнинг 1 ноябрь куни Ўзбекистон мусулмонлари идораси тизимидаги футбол жамоалари ўртасида “Мустақиллигимизнинг 26 йиллиги”га бағишланиб ўтказилаётган футбол мусобақасининг финал босқичида инститимизнинг “Бухорий авлодлари” жамоаси Тошкент вилояти имомларидан ташкил топган “Дўстлик” футболчиларини мағлуб этиб, иккинчи бор чемпионлик шоҳсупасига кўтарилган эди. “Бухорий авлодлари” жамоаси аъзоси Т.Азимов 730
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilinishida 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan “Mustaqillik dekoratsiyasi” birinchi qo’yilgan qadam bo’liib hizmat qildi. So’ng 1991-yil 31- avgustida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonuning qabul qilinishi ushbu konstitutsiya uchun asos bo’lib hizmat qildi. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq 11- sessiyasida 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiyamiz to’laligicha muqaddas dinimiz bo’lmish “Islom” dinini himoya qiladi va qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng milliy urf-odatlarga, madaniy va umuminsoniy va diniy qadriyatlarga e’tibori yanada yaxshilandi. Insonning ma’naviy-ruhiy olamini, hayotini, yashashni diniy-ma’rifiy bilimlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ma’rifatsiz inson jaholat sari yo’l oladi. Ilm-u ma’rifat insoning qo’lidagi masha’la bo’lib, o’z yorug’ligi bilan insonlarni taraqqiyot sari yetaklaydi. Ayniqsa hozirgi kunimizda diniy bilimlar bilan bir qatorda bosh qomusimiz bo’lmish konstitutsiyamizni bilishning o’rni beqiyosdir. Zero har bir ota ona farzandi solih, ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishini orzu qiladi. Yurtimizning gullab yashnashi, undagi turli millat va elatlarning hamjihat ahil-inoq bo’lib yashashlarida, yurtimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, tashqi aloqalaro o’rnatilishi va barcha amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlarni tartibga solishda qomusimizning o’rni beqiyosdir. Konstitutsiya lotincha “constitutio” – “tuzilish”, “tuzuk” ma’nolarini anglatib, davlatning asosiy qonunidir. U davlat tuzukishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya atamasi qadimda Rimdayoq bor bo’lib ” Imperator kodeksi “ deb atalgan qonun edi . Amir Temur bobomizning “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo’lgan. Muqaddas dinimizda esa to’rt fiqhiy mazhab ulamolarimizning qoldirgan buyuk fiqhiy asarlari o’sha davr va hozirgi kunimizda ham konstitutsiyaviy hujjat bo’lib hizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning jahondagi boshqa davlatlar konstitutsiyasidan afzallik jihati shundaki uning 46-moddasida: Hotin qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar deyilgan. Bu moddani kostitutsiyamizga yozilish jarayonida O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbuslari katta bo’lib, ular Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) dan “Jannat onalar oyog’i ostida” deb aytilgan hadislaridagi onalar (ayollar)ning huquqlarini ulug’ ekanini konstitutsiyamizda ham aks ettirishni istaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu haqida O’zbekiston Musulmonlar idorasida bo’lib o’tgan Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag’ishlangan majlisda Akmal Halmatovich tomonidan ma’lumot berildi. Hech bir davlat qonunida ayollarni bunday ezozlab konstitutsiyaviy qat’iy belgilamagan. Bundan tashqari konstitutsiyamizning 18-moddasida: O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo’lishi shart. Bu haqida Niso surasining 58-oyatida: “Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o’z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukum qilsangiz, adolat ila hukum qilishni amr qiladidir. Alloh sizlarga qanday ham yahshi vaz qilur. Albatta, Alloh eshituvchi va ko’ruvchi zotdir” deb marhamat qilingan. Bu oyati karimada Aloh bizlarni adolatli bo’lishga buyurmoqda. Yuqoridagi konstitutsiyamiz moddasida fuqarolarimizning qonun oldida teng ekanliklari adolatning oliy ko’rinishlaridan biridir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini 24-moddasida: Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suyiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. Bu borada Moida surasining 32- oyatida: “Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o’ldirsa, huddi hamma odamlarni o’ldirgan bo’ladi. Kim uni tiriltirsa, huddi hamma odamlarni...
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 iyun kuni “O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishni imzoladi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasida o’zlarining erkin siyosati, tili, pul birligi va davlat ramzlariga ega bo’lsada, ammo ularning hammasi ham o’z konstitutsiyasiga ega emas. To’g’ri, ularda konstitiusiyaning o’rnini bajaruvchi boshqa hujjat-dasturlar bor bo’lsa ham, qat’iy o’rnatilgan qunun-qoidalar majmuasi yo’q. O’zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan Konstitutsiyamiz bizda ega ekanligi insonni quvontiradi. Ma’lumki, 8 dekabr sanasi har yili mamlakatimizda ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish odat tusiga aylangan. Chunki, bu sanada O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992 yildan buyon bu kun Respublikamizning siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda. Asosiy qonunimiz haqida so’z yuritilar ekan, saylov tizimi haqida to’xtalib o’tish o’rinlidir. Ma’lumki, saylov demokratik davlat va huquqiy jamiyatni qurishda asosiy yo’nalish hisoblanadi. Saylov tizimida shaxs – o’z davlati va jamiyati oldida aloqador holda huquq va erkinliklari, burchlarini his etadi. Jumladan, `Konstitutsiyaning 23 bo’lim, 117 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. … Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”. Demokratik tamoyillar asosida tashkil qilinadigan va o’tkaziladigan saylovlar bir tomondan, shu davlat fuqarolarinig davlat organlarini tuzish va davlat organlari ishida ishtirokini ta’minlasa, boshqa tarafdan, to’g’ri tashkil qilingan saylovlar natijasida fuqaro va jamiyat manfaatiga mos davlat organlari vujudga keladi. Qolaversa, saylov faqat hokimiyat tuzilmasini tashkil qilish emas, balki u davlat hokimiyat organlarini nazorat o’rnatish usulidir. Konstitutsiyaning bu tizimi jahon miqyosida o’zini oqlab kelayotgan saylov huquqining umumiy prinsiplari mustahkamlanadi va fuqarolarning saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’ymasligi o’z aksini topib, ushbu konstitutsiyasining 117 moddasinig oxirgi bandida batafsil belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning hayotdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib qilish, fuqarolar, ayniqsa, biz yoshlarning qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, bizlarning huquqiy ongimiz va madaniyatni oshirish va Asosiy Qonunuimizni o’rganish asosiy vazifalarimizdandir. O’zbekistondagi qonurbhujjatlar, |qaror va farmoyishlar va ayniqsa, Konstitutsiyamizning mustahkamligi jnson , jamiyat, davlatning manfaatlari va ularning farovon hayotini kafolatlaydi. Zero, 2017 yil Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Xalq bilan muloqot- inson manfaatlari yili ” deb e’lon qilinishi bejizga emas. Negaki, konstitutsiya har bir inson huquqini mustahkam kafolati hisoblanadi. TII 1V guruh talabasi Omina G’ofurova. 726