“Allohim, uning oʻqlarini toʻgʻrilab, duosini ijbat qil”.
(Rosululloh sollallohu alayhi vasallam)
Saʼd ibn Abu Vaqqos ham jannat bashoratini olgan zotlardan birdirlar. U zotning bobolari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning onalari Ominaning amakisi, Uhayb ibn Mannof edilar. U kishining toʻliq ismlari Saʼd ibn Molik ibn Uhayb ibn Abdumannof ibn zuhra ibn Kilob ibn Murradir. Saʼd ibn Vaqqosning otalarini ismi Molik boʻlgan, Molikning kunyasi Abu Vaqqos boʻlgan. Saʼd ibn Abu Vaqqosning nomlariga ota-onalarining ismi emas, kunyalari qoʻshilib aytish odat boʻlgan.
Saʼd oʻn yetti yoshlarida islomni qabul qilgan edilar.
Saʼd ibn Vaqqos har bir inson havas qiladigan xususiyatlardan nasibador edilar. Ammo shunga qaramay, u fazilatlarining faqatgina ikkitasi bilan faxrlanardilar. Birinchisi, u zot Alloh yoʻlida birinchi boʻlib kamon otgan kishi edilar. Ikkinchisi, Paygʻambar alayhissalom ota-onalarini yolgʻiz u zotgagina fido qilishlarini aytganlar.
عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ مَا سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَمَعَ أَبَوَيْهِ لِأَحَدٍ إِلَّا لِسَعْدِ بْنِ مَالِكٍ فَإِنِّي سَمِعْتُهُ يَقُولُ يَوْمَ أُحُدٍ يَا سَعْدُ ارْمِ فِدَاكَ أَبِي وَأُمِّي
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hech kimga ota-onalarini jam(lab fido) qilmaganlar. Faqatgina Saʼd ibn Molikka qilganlar. U zot unga Uhud kuni «Ot! ey Saʼd, Ota-onam senga fido boʻlsin! Ot!” dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyati.
Rivoyatga koʻra mazkur jangda u zot oʻn mingta oʻq otib qahramonlik koʻrsatadilar.
Saʼd ibn Vaqqos eng jasur chavondozlardan hisoblanar edilar. U zotning ikki qurolilari bor edi: birinchisi kamonning oʻqi boʻlsa, ikkinchisi duolari edi. Jangda dushmanga qarab otgan birorta oʻqlari xato ketmagan, Allohga yuzlanib qilgan birorta duolari ijobatsiz qolmagan. Bunday xususiyatlarga ega boʻlishining sababi Rosululloh sollallohu alayhi va salam u zotningning haqqilariga qilgan duolaridir.
Kunlarning birida Rosululloh Saʼdning bir ishidan koʻzlari quvonib, qalblari xursand boʻlib, u zotning haqqilariga mana bu duoni qildilar: “Allohim, uning oʻqlarini toʻgʻrilab, duosini ijbat qil”.
Shunday qilib, u zot birodarlari orasida duosi qilich kabi oʻtkir inson boʻlib tanildilar. U zot biror-bir kishining haqqiga uning ishini Allohga havola etgan holda duo qilsalar, albatta ijobat etardi.
Saʼd Allohdan qoʻrqib juda koʻp koʻz yosh toʻkar edilar. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam vaʼz-nasihat qilgan paytlarida, u zotning koʻzlaridan shu qadar yosh toʻkilar ediki, hatto koʻksilari jiqqa yosh boʻlib ketar edi. Bir kuni janobimiz Rosululloh sollallohu alahi va salam sahobiylar bilan oʻtirgan edilar, birdan koʻzlarini ufqqa qaratib, jimib qoldilar. Soʻngra sahobalariga dedilar: “Hozir jannat ahlidan boʻlgan inson huzuringizga kirib keladi”.
Asʼhobi ikromlar ushbu soʻzni eshitgach koʻzlarini eshik tomonga qaratgan holda ulkan nasiba egasi boʻlgan baxtli inson kim ekanini intizorlik bilan kuta boshladilar. Bir oz fursat oʻtib, ularning huzurlariga Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu kirib keldilar. Hatto bu holat uch kun qatorasiga takrorlandi. Shu hodisalardan keyin Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo Saʼd ibn Abu Vaqqosga maqsadlarini bildirmay, u zotni Allohga yaqinlashtirib, ulkan mukofotga erishtirgan. Qanday amallari borligini bilsh uchun u zotdan uylarida uch kun tunashga ijozat soʻradilar. Qarasalar, barcha musulmonlar qilayotgan ibodatdan sira ham ortiq amallari yoʻq. Soʻngra Abdulloh Rosululloh sollallohu alahi va sallamning bashoratlarini Saʼdga aytib, bu yuksak mukofotga yetishtirgan qaysi amallari borligini u zotdan soʻraydilar Saʼd: “Barcha insonlar qilayotgan ibodat va amallardan ortiq hech narsam yoʻq. Ammo men hech qachon biron bir musulmonga nisbatan hasad va adovat qilmayman”, dedilar.
Xoʻsh, Abdurahmon ibn Avf nechuk: “arslonni changalida tutgan inson”, deya vasf etdilar?
Negaki, Saʼd, duosi ijobat boʻladigan zot. Agar Allohdan yordam soʻrasa, shubhasiz, Alloh unga yordam beradi.
Albatta, Saʼd pokiza til va qalb egasi.
Albatta, Saʼd Badr, Uhud va boshqar barcha gʻazotlarning chavondozi.
Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik davrlarida Eronga yuborilgan qoʻshinga qoʻmondonlik qildilar. Oʻsha paytda poytaxt boʻlgan Madoin shahri va butun Eronni fath etdilar. Duolari qabul boʻladigan zotlardan edilar. Kimning haqqiga duo qilsalar mutlaqo ijobat boʻlardi. Bu zot roziyallohu anhu Hijratning 52 yilida Madinai Munavvarada vafot etdilar va shu yerga dafn qilindilar. Haq taoloning va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamnng chin oshigʻi boʻlgan, Islomiyatning nashʼu namozi yoʻlida jiddu-jahd etgan bu moʻtabar zotning islomdagi xizmatlari buyuk bo’ldi, Alloh u zotdan o’zi rozi boʻlgan bo’lsin.
“Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti 101-guruh talabasi Burxoniddinov Shamsiddin