islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Imlo qoidalari: Lotin alifbosiga o‘tamiz…!

Qishki taʼtil davomida Toshkent islom instituti professor-oʻqituvchilar va xodimlar uchun Taʼlim sifatini oshirish, samarali oʻquv metodlarini oʻzlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari” mavzusida 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 6-yanvariga qadar oʻquv seminari tashkil etildi.

Bugungi oʻquv-seminarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (PhD) Abror Murtazoyev “Oʻzbek tilining lotin alifbosidagi asosiy imlo qoidalari” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Maʼlumki, 1995-yil 24-avgust kuni “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori imzolangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori ham qabul qilingan.

Bu borada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab tizimdagi tashkilot va taʼlim muassasalarida, xususan Toshkent islom institutida ish yuritish va oʻquv jarayonlari lotin yozuvi asosida tashkil etiladi.

Maʼruzachi A.Murtazoyev lotin alifbosiga oʻtish jarayonida koʻpchilikda uchrayotgan asosiy xatoliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Masalan, undosh harflar bilan eng koʻp uchraydigan xatolar:

  • Kirilldagi (E e) harflari lotinda xato qoʻllaniladi.
  • Masalan Алиев= Aliev tarzida xato, aslida Aliyev √
  • Менглиев= Mengliev boʻlganda xato, Mengliyev √

Ц harfini ham qoʻllashda xatolar mavjud boʻlib, ushbu harf quyidagi hollardagina st tarzida berilishi toʻgʻri hisoblanadi:

a, o, i, e, u, oʻ harflarining oʻrtasida kelganda, yaʼni har ikki tarafida unli harflar boʻlganda ts yoziladi. Masalan адаптация=adaptatsiya, конституция= konstitutsiya, Ассоциация= Assotsiatsiya, Локация=Lokatsiya.

Qolgan barcha hollarda S ning oʻzi yoziladi:

акция= aksiya

цирк= sirk

цензура= senzura

Франция= Fransiya

реконструкция= Rekonstruksiya

Ъ belgisining qoʻllanilishida ham xatolar mavjud:

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tutuq belgisi (ʼ) deb qabul qilingan, biroq ushbu belgini

Ў va  Ғ harflarini ifodalashda qoʻllanilib xato qilinadi. Oʻ va Gʻ tarzida qoʻllaniladi. Aslida Oʻ va Gʻ mana shunday yozilishi zarur.

o, o, u, e unlilari bilan tugaydigan soʻzlarga egalik qoʻshimchalari quyidagicha qoʻshiladi:

 

  1. a) koʻpchilik soʻzlarga egalik qoʻshimchalari-m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qoʻshiladi:

bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;

  1. b) parvo, obroʻ, mavqe, mavzu, avzo soʻzlariga I, II shaxs egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda bir y tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi:

parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obroʻyim, obroʻying; obroʻyimiz, obroʻyingiz kabi;

III shaxs egalik qoʻshimchasi parvo, avzo, obroʻ, mavqe soʻzlariga -yi shaklida, xudo, mavzu soʻzlariga esa -si shaklida qoʻshiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan soʻzga xam III shaxsda -si qoʻshiladi: dohiysi kabi);

 

 -ga,  -gacha,  -gach, -guncha, -gani, -gudek,  -gan,  -gin,  -gina qo‘shimchasi so‘zlarga qo‘shilganda uch xil aytiladi va shunday yoziladi:

  • k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
  • q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
  • qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.

Qizg’in bahs-u munozara va savol-javoblar bilan o’tgan seminar mashg’uloti yakunida Abror Murtazoyev mazkur qishki malaka oshirish o’quvlari doirasida yana bir bor seminar mashg’uloti o’tib berishi uchun taklif qilindi.

TII Ijtimoiy fanlar kafedrasi

 katta oʻqituvchisi T.Azimov

356630cookie-checkImlo qoidalari: Lotin alifbosiga o‘tamiz…!

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: