islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Vaqf ilmining fazilati

Alloh taolo bandalarini ilm olishga va bu orqali Robbisini tanishga buyuradi.

Shariatimizning asosi bu-Qur’oni Karim hisoblanadi. Shunday ekan Qur’on ilmi ham boshqa ilmlarning eng afzalidir.

“Zero fiqh, aqida va insonni ikki dunyo saodatiga intilishiga sabab bo’ladigan boshqa ilmlar ham Qur’onning ko’rsatmasiga ko’ra bo’ladi.

Agar inson Qur’on oyatlarini ma’no-mazmunini, oyatlarning o’zaro mutanosibligini yoki buning aksi ekanligini anglamasa, u holda bu inson Alloh taoloning murodiga o’zi sezmagan holida noqislik yetkazgan hisoblanadi.

Hozir biz o’rganayotgan “Vaqf” ilmi bunday xatolarni oldini olishda asosiy vosita ilmi hisoblanadi.

Bu borada Abu Amr Usmon ibn Said Ad-Doniy (tav: 444-h) o’zining “Al-Muktafiy”-130/7-137 kitobida quyidagi hadisni keltiradi:

عن ابي بن كعب قال: أتينا رسول الله-صلى الله عليه وسلم -فقال إن الملك كان معى فقال لي: إقرأ القرآن فعد حتى بلغ سبعة أحرف فقال ليس منها إلّا شافٍ و كاف مالم تختم آية عذاب برحمة أو تختم رحمة بعذاب

Ubay ibn Ka’b roziyalloha anhu rivoyat qiladi: “Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bordik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yonimdagi farishta (ya’ni Jabroil alayhissalom) menga qarata, Qur’onni o’qing! deya, yetti harfga yetgunicha sanadi. So’ngra, toinki “azob” borasidagi oyat “Rahmat” oyati ila yoki “Rahmat” oyati “Azob” oyati ila yakunlanmas ekan bularning barchasi “Shofe” va “Kifoya” qiluvchidir dedi” deya marhamat qildi.

 Alloma Abu Amir Usmon ibn Said Ad-Doniy keltirgan ushbu hadisni sharhlab, quyidagilarni keltiradi:

“Bu hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Jabroil alayhissalomdan yetkazgan mukammal ta’limidir. Chunki hadisning zohiri Jahannam va azobning zikri kelgan oyatida to’xtalib, so’ngidan (kelgan) Jannat va savob zikri kelgan oyati karimadan ajratilishi va shuningdek Jannat va savobning zikri kelgan oyatda to’xtalib, ortidan Jahannam va uqubatning zikri kelgan oyat keladigan bo’lsa, ularning oralari ajratilishi lozim ekanligiga dalolat qiladi”, dedi.

Bunga misol o’laroq quyidagi oyatlarni misol qilib keltiradi:

بلى منْ كسب سيـَٔةً وأَحطتْ به خطئته فأُولٓىِٔك أصحاب النار هم فيها خلدون (٨١) بقرة: أية-٨١

Ma’nosi: Yo’q! Kim gunoh qilsa va uni xatolari o’rab olgan bo’lsa, ana o’shalar do’zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. Baqara-81.

Ushbu oyatda to’xtalib, undan keyin kelayotgan oyatning orasini ajratish zarurdir.

والَّذينَ آمنوا وعملوا الصالحات

Ma’nosi: ‘’Va iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlar…’’ Baqara-82 oyat

 Agar bu ikki oyat qo’shib o’qiladigan bo’lsa, ma’noda qo’pol xato qilgan hisoblanadi.

 Xuddi shuningdek,

يدخل من يشاءُ في رحمته

Ma’nosi: ‘’U kimni xohlasa, O’z rahmatiga kiritur’’. Inson surasi-31 oyat.

Oyatning ushbu qismida to’xtalib, oyatning davomi bo’lgan

والظَّالمين اعد لهم عذابا أَليمًا

  • Ma’nosi: ‘’Va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qo’yilgandir’’. qismidan ajratib o’qilishi zarurdir.’’ Zero bunday o’qilish Alloh taoloning murodiga muvofiqdir” deya alloma Abu Amr hadisni sharhlaydi.

Toshkent islom instituti

405-guruh talabasi

Umrzoqov Islom

367500cookie-checkVaqf ilmining fazilati

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: