Imom, qozilar qozisi, Abdul-Vahhob Taqyiddin o’g’li Abil-Hasan Ali Zaynuddin Abdul-Kofining o‘g‘li Ziyouddin Ali Tamomning o’g’li Yusuf Yahyo o’g’li Umar Usmon o’g’li Ali Sivar o‘g‘li Solimas-Subki al-Ansoriy al-Xazraji ash-Shofe’iy al-Ash’ariy.
U kishining kunyasi Abu Nasr, laqabi Tojuddin (Islom toji). U kishini Misr qishloqlaridan biri hisoblangan subklik deyishadi. U kishi hijriy 727-yilda Qohirada tavallud topgan. Imom Tojuddin ilm bilan nom qozongan oilada voyaga yetgan. Otasi shayx, imom, shayxulislom Takiyuddin Ali Abdul-qofiy (vafoti 756-hijriy) faqih, usuliy, turli ilmlarda foydali asarlar muallifi, bobosi Zaynuddin Abdul-qofiy (vafoti hijriy 735-yil), u kishining katta akasi Bahouddin Ahmad Ali o‘g‘li (vafoti hijriy 773-yil), ikkinchi ukasi Jamoliddin Husayn Ali o‘g‘li (vaf. 75-hijriy) –barchasi buyuk olimlardan hisoblangan. Tojuddin ilmiy muhitda ulg’aydi va Misrda bir guruh olimlarning saboqlarini tingladi, keyin otasi bilan 739-yilda Damashqqa keldi va Hofiz Abul-Hajjoj al-Mizziydan tahsil oldi, Imom az-Zahabiy bilan bir joyda bo’lishgan edi. Imom Tojuddin Damashq va boshqa shaharlarning ko‘plab madrasalarida dars bera boshladi.
U kishi “Aziziya”, “G‘azaliya”, “Azraviya”, “Nosiriya”, “Dorul Hadis Ashrafiya”, “Shayxuniya” va boshqa ko‘plab madrasalarda dars bergan, ko‘p marotaba hakamlik qilgan, musibatlarga sabr ko‘rsatgan olimlar qatoriga kiradi.
Tuqayuddin ibn Rofi’adan yakuniy bilim olgan. Hadislarni puxta o‘rgangan, “al-ajza –qismlar” va “tamaki”larni yozgan. Shu bilan birga fiqh, usul va arab tilini shunday o‘rgandiki, yoshligidan qobiliyatli, malakali mutaxassis bo‘lib yetishdi. U kishi ajoyib she’rlar va nasrlat ham yozgan. Ibn al-Hojibning “Muxtasar”i va Bayzoviyning “Minhaj”iga [usul boʻyicha kitob] sharh yozgan. Fiqhga oid “At-Toshix ala at-tanbih val minhaj va tashix” va “At-tarshih at-tashix” kitoblarini ham yozgan. «Jam al-javomi» asarida usul asoslarini qisqacha bayon qilib, unga «Man al-mavoni» sharhini yozgan. “Al-Qavoid al-Mushtamal ala al-ashbah va an-nazoir” kitobini ham yozgan. Shuningdek, u kishi kuchli notiq sohibi ham edi. Shuningdek, o‘z ishini puxta bilimdoni hisoblanardi.
U kishining ustozlari:
Otasi shayxulislom Takiyuddin as-Subkiy (683-756),
Imom, hofiz, tarixchi Shamsuddin az-Zahabiy (673-748),
Imom, Hofiz Jamoliddin Abul-Hajjoj al-Mizziy (654-742),
Imom, mufassir, nahvshunos olim Abu Hayyon al-Andalusiy (654-745 h),
Imom Shamsuddin ibn an-Naqib (661-745),
Imom an-Navaviyning safdoshi. Imom, Hofiz Fathuddin Ibn Said an-Nas (671-734),
Imom Izzuddin ibn Jamo (694-767),
Imom Sharafuddin Yahyo ibn Yusuf al-Maqdisiy, ibn al-Misriy (vaf. 737-hijriy),
Imom Abdul-Muhsin ibn as-Saabuniy al-Misriy (vaf. 736-hijriy).
U kishining shogirdlari:
Imom Shamsuddin al-Goziy (vaf. 770-hijriy),
Alloma Zaynuddin al-Kurshiy (vaf. 792-hijriy),
Shayx Ibn Sind (vaf. 790-hijriy),
Alloma Ibn ash-Shurayshiy (vaf. 795-hijriy),
Hofiz Sharafuddin al-Goziy (vaf. 799-hijriy),
Shayx Ibn Jabbob (vaf. 800)
Shayx Shihobuddin al-G‘ayzoriy (vaf. 808).
Shayx Jaloliddin al-Hamaviy (vaf. 809).
Hofiz Ahmad ibn Hoji (vaf. 816).
Alloma al-Fayruzobodiy (vaf. 817).
U kishining kitoblari hayotlik davridayoq tarqalib, katta muvaffaqiyatga erishdi. U kishi tabaqot janrida ham ijod qilgan Tabaqotlari -Kubro (katta), Vusto (o’rta) va Sug’ro (kichik) yozgan. Ibn Naqib unga fatvo va tadris (tadris) qilishga ruxsat beradi. Damashqning ko‘plab madrasalarida dars bergan. U kishi qaror qabul qilishda (hukum) otasining o’rnini egallagan, so’ngra otasining buyrug’i bilan mustaqil ravishda qarorlar qabul qila boshlagan. Keyin otasi yordami bilan “Dor al-hadis al-ashrafiya”ga rahbarlik qildi. Keyinchalik, u kishi 754-yilda hukumat lavozimini egalladi. Juma masjidining bosh xatibi hisoblanardi. U kishi butun Shomning eng muhim qozisiga aylandi. Shu sababdan ham u kishining boshiga birin-ketin katta musibat va sinovlar tushdi, lekin shu bilan birga u kishi barcha sinov va qiyinchiliklarga bardosh berdi. Va u kishi o’z lavozimiga qaytganida, u kishi o’ziga yomonlik qilganlarning hammasini kechirdi. U kishi saxovatli, hurmatli inson edi. Shuningdek, u kishi 757-yilning rabiul-avval oyida otasi tirikligida qozi bo‘lgan birinchi kishidir. Keyin 759-yilning sha’bon oyida u kishi bu lavozimdan chetlashtirilib, Abu al-Baqoni tayinlashdi, biroq Shavval oyining boshida u kishini qaytarib lavozimga tayinlashdi.
U kishining oxirgi marta lavozimidan chetlatilishining eng muhim sababi shu ediki, Sulton 69-yilning Jumadul-avval oyida savdogarlardan zakot yig’ish to’g’risida buyruq chiqarganida, valiylardan haddan tashqari ko’p pul topilgan edi. Lekin u kishi Qozi bo’lgan holda, oluvchining ismi ko’rsatilmagan hujjatlar (orderlar) bo’yicha tekshiruv o’tkazilgan. Va yetimlarga qaragan odamdan qozi bu miqdorni olganini tan olishini istashdi, lekin u kishi rad etdi. Va keyin qozi lavozimidan chetlatildi. U kishining vafot etishi 771-yil hijriy yilning zulhijja oyining 7-kunida vafot etadi. U kishining vafoti sababi esa manbalarda shanba kuni kechasi o’lat bilan kasallangan. Shundan so’ng seshanba kuni vafot etgan. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki ushbu biz o’rganayotgan olim mutakallim Tojiddin Abdul Vahhob ibn Ali ibn Abdulkofiy hayoti va u kishining ilmiy faoliyati borasida borasida o’zbek tilida manbalarda uchramaydi. Biroq arab tilida rus tili hamda ingliz tilida ma’lumotlar topishimiz mumkin. Shuning uchun ushbu olimning hayoti o’rganib u kishini tadqiq qilishimiz u kishining boy ilmiy me’rosini o’rganishimiz lozim bo’ladi.
Toshkent islom instituti talabasi
Saidburhon Rabboniy