islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qur’oni Karimning birinchi ingliz tiliga tarjimasini kim qilgan?

Hozirgi kunda Qur’oni Karimning turli tillarga tarjima qilingan ko’plab nusxalarini ko’rish odatiy hol bo’lib, ularni har kim osongina sotib olishi yoki internet tarmog’idan topishi mumkin. Biroq o‘tmishda bunday bo‘lmagan, chunki Qur’oni Karimning tarjima qilingan nusxasini olish bugungidek oson bo‘lmagan.
Jorj Sale Qur’oni Karim ma’nolarini ingliz tiliga tarjima qilgan birinchi tarjimonidir, deydi Ibrohim Marzuq o’zining “Leaders Guide” kitobida.
Jorj Sale 1697-yilda Londonda tug’ilgan va 1736-yilda vafot etgan. Sale Kenterberidagi qirol maktabida o’qigan. 1720-yilda u xristian bilimlarini targ’ib qilish jamiyatini o’z ichiga olgan “ichki ma’bad” institutiga o’qishga kiradi. Shu bilan u ingliz sharqshunosi bo‘lib yetishadi, arab va ibroniy tillarini yaxshi o’rganadi va o‘limidan ikki yil avval, ya’ni 1734-yilda Qur’oni Karim tarjimasini nashr etadi. Tarjima shar’iy meyorlarga to’la mos bo’lmasada, aniq va ixcham edi, shuning uchun u XVIII asr davomida katta shuhrat qozondi. Abdurrahmon Badaviyning “Sharqshunoslar entsiklopediyasi” ga ko’ra, u nasroniy bo’lsa ham Islomga adolatli edi.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi Volter o’zining “Dictionnaire Philosophique” lug’atiga ko’ra, u 25 yilni Arabiston yarim orolida o’tkazgan va u erda arab tilini va ba’zi arab urf-odatlarini o’rgangan.
Jorj Sale Qur’oni Karimni lotin tiliga tarjima qilish bilan mashhur bo’lgan italiyalik katolik ruhoniysi va sharqshunos olimi Luidji Morshidan katta qarzdor. Sababi, Sale o’z tarjimasini yozishda Morshining tarjimasidan keng foydalangan. Sale shunday dedi: “Morschi tarjimasi umuman olganda juda aniq, u arabcha asl matnga tom ma’noda mos keladi, bu islom fanlari bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlar uchun tushunishni qiyinlashtiradi.”
AQSh Kongressiga saylangan birinchi musulmon Keyt Ellison Minnesota shtatidagi musulmon demokratlarning birinchi vakili edi. U 2006-yilgi saylovlarda g’alaba qozongach, 2007-yil yanvar oyida Jeffersonning 1734-yilda Jorj Sale tomonidan tarjima qilingan Qur’oni Karimning “Alkoran” nomi bilan tanilgan shaxsiy nusxasiga qo’l qo’yib qasamyod qilgan. Kongress kutubxonasining nodir kitoblar va maxsus toʻplamlar boʻlimida joylashgan ikki jildlik asar 1815-yilda Qoʻshma Shtatlar asoschilaridan biri Tomas Jefferson tomonidan Kongressga sotilgan 6500 ga yaqin asardan biridir.
Qayd etish joizki, Qur’oni Karim 1746-yilda Jorj Sale tarjimasiga ko‘ra nemis tiliga tarjima qilingan.

Toshkent islom instituti 4-kurs

talabasi Abduqodirov Oyatulloh

394320cookie-checkQur’oni Karimning birinchi ingliz tiliga tarjimasini kim qilgan?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: