islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Amra binti Abdurahmon

Amra binti Abdurahmon ibn Sa’d ibn Zurora madinalik najjoriy ayol bo’lib, uning bobosi mashhur sahobiy As’ad ibn Zurora roziyallohu anhudir. As’ad ibn Zurora roziyallohu anhu hijratning avvalgi yilida vafot etgan.

Oisha roziyallohu anho Amra va uning opa-singillariga o’z hujrasida ta’lim bergan. Amra Oisha roziyallohu anho bag’rida o’sib-ulg’aygan. Ma’lumki, Oisha onamiz Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayot paytlarida hech kimni hujrasiga olgan emas. Ehtimol Oisha onamiz Amra bilan singillarini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tog’alari Bani Najjorlik bo’lganlari uchun hujrasiga olgan bo’lishi mumkin. Ibn Sa’d keltirgan rivoyatda Amra Oishaning oldida bo’lganini aytib: «Bu joy bizga yoqardi va undan ajralmasdik» deydi.

Keyinchalik bu muhtarama ayolga Abdurahmon ibn Horisa ibn No’mon degan zot uylangan. Bu nikohdan Muhammad ibn Abdurahmon ismli o’g’il tug’ilgan.

Ibn Hibbon yozadi: «U Oishadan hadis rivoyat qilganlarning eng bilimdoni bo’lgan». Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazmga: «Amra binti Abdurahmon keltirgan hadisga qaragin va uni menga yozib yubor. Albatta men ilm ahlining o’tib ketishidan qo’rqaman. Oisha roziyallohu anho keltirgan hadisni bu ayoldan ko’ra bilguvchiroq biron kishi qolmadi», degan.

Ibn Sa’d «Taboqot» nomli asarida bu ayolni sahobalardan keyin Madinada fatvo beradigan muhojir va ansoriy bolalari qatorida tilga olib o’tgan. Qosim ibn Muhammad Amradan so’rardi. Shuning o’zi ham u ayolning bilimdon va mashhur ekaniga dalil bo’ladi.

Amra binti Abdurahmon hadislarni Oisha va Ummu Salama roziyallohu anhumalardan rivoyat qilgan. U o’z davrining bilimdon ayoli edi.

Ibn Madiniy aytadiki: «Amra Oisha onamizdan hadis rivoyat qilganlarning eng ishonchlilaridan biridir». Bu ayoldan esa o’g’li Abu Rijol, singlisining o’g’li Abu Bakr ibn Zubayr, Sulaymon ibn Yasor, Zuhriy va boshqalar rivoyat qilishgan. Bu narsa Oisha onamizning Amrani, uning aka-uka va singillarini o’z tarbiyasiga olgani samarasidir. Ibn Sa’d «Taboqot» nomli asarida bu ayolni sahobalardan keyin fatvo beradigan muhojir va ansorlarning zurriyotlari qatorida tilga olib o’tgan. Amra hijriy to’qson sakkizinchi yilda yetmish yetti yoshida vafot etgan.

                                                           Toshkent islom instituti 403-guruh

                                                              talabasi Kadirkulova Risolat

399910cookie-checkAmra binti Abdurahmon

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: