Hadis ulamolari o’zlarining istilohiy atamalarini yaratishda yetuk edilar, shuning uchun hadis ilmlarini o’rganuvchi kishi ahli hadislarning juda ko’p atamalarini uchratadi va bu atamalar orasida tarojim atamasi ham bor. Muhaddislar undan barchaga ma’lum avtobiagrafiya ma’nosidan boshqa ma’noda ham foydalanganlar, ya’ni ushbu mavzuga aloqador ikkita ma’noda ishlatganlar;
- A) Muayyan roviylardan tuzilgan muayyan sanad silsilasiga aytiladi[1]. Bu silsila bilan bir necha hadislar rivoyat qilingan bo’ladi. Ulamolar buni ham ikki turga bo’lganlar;
- تراجم أصح الأسانيد (eng sahih sanad tarojimi)
- تراجم أوهى الأسانيد (eng zaif sanad tarojimi)
Hofiz Iroqiy rohimahulloh “Taqribul asaniyd va tartibul masaniyd” kitobida bunga ishora qilib, kitob muqaddimasida “Men muayyan tarojimlarda bir nechta hadis jamlashni iroda qildim va bu tarojimlar eng sahih sanadda bo’ladi” deb aytganlar[2].
- B) Tarojim so’zi ishlatiladigan va ayni ushbu ilmiy ishda bahs qilinmoqchi bo’lgan ma’nolarning yana biri, ostida hadislar keltiriladigan bob sarlavhasining nomidir. Bu ma’no “Tavzihul afkaar” kitobida kelgan, unda aytilganki: “التراجم جمع ترجمة وهي عنوان الباب الذي تساق فيه الأحاديث.” ya’ni (tarojim tarjama so’zini ko’plik shakli bo’lib, ostida hadislar keltiriladigan bob sarlavhasiga ishlatiladi)[3]. Tarojim manosini kengroq tushunib, bir nechta boblarni o’zida jamlagan kitobga ishlatish ham mumkin. Masalan, “كتاب الصلاة” va ostida bir necha boblar keltiriladi.
Lug’aviy va istilohiy ma’no o’rtasidagi bog’liqlik. So’zning lug’aviy va istilohiy ma’nolari haqida o’rganilgan narsalarga asoslanib, lug’aviy va istilohiy maʼnolar oʻrtasidagi bogʻliqlikni quyidagicha ajratib koʻrsatish mumkin;
- Tarojimning lug’aviy ma’nosi bir tilni boshqa til bilan tafsir qilish, ma’nosini qo’llaydiganlar so’ziga ko’ra, so’zining mazkur lug’aviy va istilohiy ma’nosi o’rtasidagi bog’liqlik shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislari va sahoba roziyallohu anhumlar xabarlarini boshqa siyg’ada bilan qisqa shaklda tafsir qilishdir.
- Mazkur so’zning lug’aviy ma’nosi bir tilni boshqa tilga naql qilish, deydiganlarning so’ziga ko’ra, lug’aviy va istilohiy ma’no orasidagi bog’liqlik, Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislari hamda sahoba va tobein roziyallohu anhum asarlari ma’nosini qisqa uslubda naql qilishdir.
- Kalimani lug’aviy ma’nosi bayon qilish, ravshanlashtirish, ekanligiga yuradiganlarning qavliga ko’ra esa, Payg’ambarimiz hadislari ma’nolarini qisqa kalimalar bilan ravshan qilib, ifodalab berishdir.
- Tarojimga bir lafzni o’rnini bosadigan boshqa lafzga almashtirish, deb lug’aviy ma’no beradigan olimlarning gapiga ko’ra bog’liqlik shundaki, tarojimlar hadislar ma’nosini o’z ichiga oluvchi yangi keltirilgan siyg’alardir.
Ushbu to’rtta ma’no ko’rib chiqiladigan bo’lsa, barcha lug’aviy ma’nolar, tarojimlarni bob sarlavhasi sifatida qo’yishdan ko’zlangan maqsadni yoritish uchun mos ekanligini topish mumkin. Tarojimlar matni ostidagi hadislar bilan bog’liq bo’lib, Imom Buxoriyning yondashuviga ko’ra keng o’zgarib turadi, buni tarojimlarani turli uslubda keltirishida ko’rish mumkin. Zero, tarojimlar muayyan siyg’alarda hadis g’oyasini yetkazishdir uchundir.
Toshkent islom instituti 401-guruh
talabasi Salayev Sayyidiso
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] “تدريب الراوي” Hofiz Jaloliddin Suyutiy (1/67)
[2] “Taqribul asaniyd va tartibul masaniyd” Zayniddin Abdurrahim Iroqiy (14)
[3] “Tavzihul afkar” Ibrohim Muhammad Ismoil Sanoniy (1/40)