Abu Amr Hafs ibn Sulaymon ibn al-Mug’iyra al-Kufiy al-Bazzoz hijriy 90-yil, milodiy 709-yilda tavallud topgan.
Hafs ibn Sulaymon Kufa shahrida tavallud topgan va o‘sha yerda yashagan. Bu davrda Kufa shahri ilm-ma’rifat markazlaridan bo‘lib, turli ilmlarda ko’plab olimlar yetishib chiqqan. Jumladan Abu Hanifa r.a, Ja’far as-Sodiq kabi yirik kufalik olimlar bilan zamondosh edi.
Imom Hafs yetti mashhur mutavotir qiroat imomlaridan biri Osim ibn Abu an-Najudning mashhur 2 roviylaridan biridir.
Hayoti davomida Osimdan ko’p marta Qur’onni takror o‘tkazgan. U asli Osimning o‘gay o‘g’li bo’lgan va U kishining tarbiyasida o‘sgan. Shuning uchun yoshligidan imom Osimdan Qur’oni karim qiroatini chuqur o‘rgangan.
Imom Hafs otasi Osimga: “Abu Bakr ibn Ayyosh mendan boshqacha o’qiyabti” dedi. Shunda Osim: Seni ustozim Abu Abdurahmon as-Sulaymiy meni o‘qitgani bo‘yicha o’qitdim. U qiroatni Ali ibn Abu Tolib r.a dan olgan. Abu Bakrni esa, ustozim Zirr ibn Hubaysh meni o‘qitgani kabi o‘qitdim. U esa, qiroatni Abdulloh ibn Mas’ud r.a dan olgan.
Imom Osim qiroatni shayxlaridan olganidek, ikki shogirdiga huddi shunday oʻrgatgan edi.
Dastavval har bir insonning qiroati o‘z davrida o‘zi yashagan hududda tarqalgan lekin tarixiy jarayonlar natijasida qiroatlarning tarqalish xaritasi o‘zgardi natijada Imom Hafsning Imom Osimdan qilgan rivoyati eng mashhur va eng keng tarqalgan hisoblanadi.
Usmoniylar hukmdorligi davrida mus’haflar Hafsning Osimdan qilgan qiroatiga tayanib nashr etilib tarqatilgan Shu qiroat asosida ta’lim olish va ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan. Natijada ushbu qiroat keng tarqalgan.
Bundan tashqari Imom Hafs ko‘plab shaharlarga borib qiroatdan ta’lim bergani, uning qiroat qoidalari oson va yengil bo’lgani uchun unda qiroat qiladiganlar soni oshishiga sabab bo’lgan.
Imom Hafs hijriy 180-yil milodiy 796-yil vafot etdi.
Imom Hafsning qiroati butun dunyoda keng tarqalgan.
Toshkent islom instituti talabasi
Islom A’zam