islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Noo‘rin salom

Alloh taologa hamdu sanolar. Janobimiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga bitmas- tuganmas salavotlar bo‘lsin. Mavzuni o‘qigan kishi “salomni ham noo‘rin bo‘ladimi, axir salom berish sunnatku”, deb o‘ylab qolishi mumkin. Biz bu o‘rinda aynan salom bersa gunoh (makruh) bo‘ladigan  holatlarning ba’zilarini aytib o‘tmoqchimiz. Hazrat Muhammadsodiq Muhammadyusuf rohimahulloh “Ijtimoiy odoblar”kitobida bunday holatlarni bir nechalarini sanab o‘tganlar. Bulardan nojoiz bo‘lgan salomlar.

“Qur’on o‘qiyotganga,namoz o‘qiyotganga,azon yoki takbir aytayotganga,hammomda yuvinayotgan kishiga, hojatxonada o‘tirganga,nomahram ayollarga,xutba qilayotganga…” Bizning ko‘z o‘ngimizda eng ko‘p kuzatiladigan holatlardan, juma kuni ma’ruza bo‘layotgan vaqt va azon aytilib turgan payt bir-birimizga salom-alik qilishimizdir.  Aytmoqchi bo‘lganimiz ham aynan shu ikki  holatga qaratilgan. Ya’ni, juma kunida ba’zilar masjidga ma’ruza boshlanmasdan oldin kelib, ko‘plab savoblarga ega bo‘ladilar. Ba’zilar ozgina kechikib, savobi ham o‘shanga yarasha bo‘ladi.  Mayli, kimnidir zarur ishi bor,kimdir ota-onasining xizmatida, biz buni ayblamaymiz. Lekin ma’ruza bo‘lib turgan vaqt, masjidga yaqinlashdikmi gapni to‘xtatib, bir-birimiz bilan bemalol salomlashishni qo‘yib ma’ruzani tinglashimiz, diqqat bilan ma’ruzani tinglayotgan     namozxonlarning e’tiborini tortmaslik lozim bo‘ladi. Biz bu bilan qovoqni solib, faqat yerga qarab masjidga kiring demoqchi emasmiz. Balki,  birodarlarni ko‘rganda chiroyli tabassum ila,o‘zimizning milliyligimizga  muvofiq,biroz boshimizni egib, qo‘limiz ko‘ksimizda bo‘lgan holatda kirsak, o‘zimiz va boshqalarga ham zarar bermaymiz.

Azon aytilayotgan vaqt ham salom bermay,azonni eshitib  kalimalarini takror qilib tursak, bir  sunnatni ado qilgan bo‘lib, savobga egador bo‘lamiz.

Alloh taolo o‘qigan va eshitganlarimizga amal qilishimizni nasib qilsin.

Toshkent islom instituti talabasi

Ashurov Mahmudxon 

417140cookie-checkNoo‘rin salom

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: