Uchinchi ming yillikning boshlanishi muhim ikki tamoyil bilan xarakterlanadi. Birinchidan, hozirgi sivilizatsiya global ekologik muammolar (iqlim o‘zgarishi, ozon qatlami yemirilishi, ichimlik suvi ifloslanishi va yetishmasligi, o‘rmon va tuproq inqirozi, bioxilma-xillik qisqarishi, ortiqcha hajmdagi chiqindilar hosil bo‘lishi hamda ularni zararsizlantirish muammolari va boshqalar) bilan to‘qnash keldi. Ikkinchidan, dunyo jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Shuning uchun kechagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni belgilash u yoqda tursin, hatto bugungi hodisalarni ham baholab bo‘lmaydi. Bu kabi muammolar O‘zbekiston uchun ham xosdir. Aholi sonining o‘sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida yer yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. Shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul. Yer yuzidagi o‘rmonlar ko‘payish o‘rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o‘zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga ifloslanyapti. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o‘rmon yong‘inlari, chang bo‘ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti. Shu bois, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning o‘tkir muammolaridan biri – Orolbo‘yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedi: “Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda”.
Muayyan geografik hududning o‘ziga xos iqlimi, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar xarakterini belgilab beradi.
Ekologik xavf bugungi kunda tobora keng tus olib, yer yuzidagi barcha mamlakatlarni bu haqda chuqurroq o‘ylashga majbur etmoqda. Jahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint Network jamg‘armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1970 yildan buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foiz (havo va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76 foiz, er usti va suvda kun kechiradiganlar soni 39 foiz) qisqargan. Har yili 11 million gektar tropik o‘rmon kesilmoqda. Yo‘qotishlar o‘rmonlarni tiklash ishlariga nisbatan 10 barobar ko‘pdir. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilishi dunyo okeanidagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda.
Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo‘lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo- global iqlim o‘zgarishi yuzaga keldi. Shuningdek, ozon qatlamining yemirilishi, dunyo okeanining ifloslanishi, tuproq unumdor qatlamining yo‘qolib borishi, tropik o‘rmonlarning kesilishi, cho‘llanish, chuchuk suv manbalari va bioxilma-xillikning kamayishi, maishiy chiqindilarning ko‘payishi, kimyoviy va toksik moddalarni zararsizlantirish kabi ekologik inqirozlar allaqachon bir davlat chegarasidan chiqib, tom ma’noda global ekologik muammolarga aylandi.
Ekologik salomatlik masalasi milliylikdan xalqaro miqyosda rivojlanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan doimiy e’tibor predmetiga aylandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, aholining salomatlik holati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga 50-60 foizga, ekologik muammolarni hal etishga 20-30 foizga va faqat sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishiga 15-20 foizga bog‘liq. Aholi salomatligi va jamiyat farovonligiga xavf solayotgan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurash atrof-muhitni muhofaza qilishda alohida o‘rin tutadi.Dunyo kundan kunga ko‘plab ekologik muammolarga duch keladi. Ushbu muammolarning ba’zilari, masalan, global isish, kislota yomg‘iri, havo ifloslanishi va suv ifloslanishini o‘z ichiga oladi. Bu muammolarning eng katta sababi odamlar dunyodagi dominant turga aylanganidan keyin resurslarni tezda iste’mol qilishidir. Bunday tez iste’mol va aholining o‘sishi bilan atrof muhitga zarar yetadi.
Ushbu ekologik muammolarni alohida hal qilish kerak va hal etish kerak. Aks holda, odamlar o‘z niyatlarini xavf ostiga qo‘yadi.
Suv ifloslanishi
Dunyoning ko‘p qismi suvdan iborat. Bu suvlarning ba’zilari odamlar uchun uzoq vaqt va toza ichimlik suvi uchun etarli. Lekin muammo bor; bu ichimlik suvining tarkibi kundan-kunga o‘zgarib turadi va bu suvlar ichimliksiz suv kabi ifloslangan. Suvning ifloslanishining sabablaridan biri odamlarning chiqindilari hisoblanadi.
Garchi ayrim inson bo‘lmagan omillar suv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, suvning ifloslanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi inson omili hisoblanadi.
Havo ifloslanishi
Suv ifloslanishi kabi, odamlarning havo ifloslanishiga ta’siri sezilarli. Bundan tashqari, tabiiy ravishda havo ifloslanishiga olib keladigan hodisalar mavjud. Ushbu voqealarning misollari vulqon harakati va o‘rmon yong‘inlari.
Odamlar tomonidan ifloslangan havo ifloslanishi tabiiy havo ifloslanishiga qaraganda ko‘proq misollar keltirishi mumkin. Atmosfera ifloslanishining yuqori tezlashuvi bilan o‘sishni boshlagan davr, albatta, sanoat bilan boshlangan davrdir. Zavod va fabrikalardan chiqarilgan tutun va kimyoviy moddalar havoni juda ifloslaydi.
Zavodlar bilan bir qatorda havo ifloslanishiga olib keladigan yana bir omil motorli transport vositalaridir. Ushbu transport vositalaridan chiqadigan gazlar hayot uchun juda zararli.
Iqlim o‘zgarishi
Iqlim o‘zgarishi – ekologik muammodir. Bu iqlim o‘zgarishlariga atmosfera javobgar. Bu atmosferani yaratgan insonlar. Atmosferada sun’iy ravishda hosil bo‘lgan gazlar to‘planib, vaqt o‘tishi bilan dunyoni issiqroq qilishadi. Ushbu harorat natijasida muzliklar eriydi va bu ko‘p iqlim muvozanatiga sabab bo‘ladi.
Haroratning oshishi natijasida dunyoning ayrim joylarida bir xil iqlim sharoitida yashovchi odamlar har doim turli iqlimga duch kelishi mumkin. Buning oqibatlarini bashorat qilish qiyin bo‘lmaydi.
Global isish
Global iqlimning eng katta sababi atmosferaga chiqarilgan karbonat angidrid gazidir. Atmosferaga juda ko‘p salqin bo‘lgan karbonat angidrid gazining issiqxona ta’siriga sabab bo‘ladi. Issiqxona ta’siri qisqacha dunyoning isishi kabi tushuntirilishi mumkin. Oddiy issiqlik darajasi odamlarning omon qolishlari uchun yaxshi bo‘ladi, lekin agar issiqlik zarur bo‘lgandan ko‘proq oshsa, dunyo endi ko‘pgina jonzotlar uchun yashash joyi bo‘lmaydi.
Global iqlim o‘zgarishi iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat sel kabi ba’zi tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin. Global isish ham qurg‘oqchilikka olib kelishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi bilan muzliklar erib, okeanlardagi suv ko‘paymoqda. Buning natijasida erdagi jonzotlarning yashash maydoni kamayib bormoqda.
O‘rmonlarning kamayishi
Dunyoda tirik organizmlar uchun kislorodning asosiy manbai o‘rmonlar, ya’ni o‘simliklardir. Eng muhim ekologiya muammolaridan biri – o‘rmonlarning yo‘q qilinishi. O‘rmonlarning yo‘q qilinishi o‘rmon yong‘inlari va daraxtlar kesishidan kelib chiqadi. O‘rmon yong‘inlari tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin, lekin ularning aksariyati odamlardan tomonidan kelib chiqadi.
Qog‘oz ishlab chiqarish kabi ko‘plab sohalarda daraxtlardan foydalanish daraxtlarning kesilishi va o‘rmon maydonlarini kamaytirishi mumkin. Buning evaziga ishlatiladigan materiallarni qayta ishlash daraxt kesishni kamaytirish uchun kalit hisoblanadi. Qayta ishlash keng tarqalgan ekan, o‘rmon joylari kamroq yo‘q qilinadi va jonzotlar ko‘proq kisloroddan foydalanadi.
JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 7 million bevaqt o‘lim holatlariga atmosfera havosi va xonalar havosi ifloslanishi sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda havo ifloslanishi gipertoniya va ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqishida xavf omillaridan keyingi o‘rinda turadigan salomatlik uchun eng ahamiyatli global xavf omili hisoblanadi.
YUNESKOning 257 ta o‘rmon qo‘riqxonalaridan o‘ntasi so‘nggi 10 yil ichida zaharli karbonat angidrid gazi chiqaruvchi manbaga aylandi. Bunga o‘rmon yong‘inlari sababchidir. Yong‘inlar uglerodning atmosferaga tarqalishiga olib keladi, bu esa isish va yangi yong‘inlarni keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tabiiy resurslar ifloslanmoqda. Jumladan, «Navoiyazot» AJ tomonidan Zarafshon daryosiga hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar oqizilgan, oqibatda daryo suvi zaharlanib, ko‘plab baliqlar nobud bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zarafshon daryosi suvida azot ammoniy belgilangan me’yorlardan 21 marta, azot nitrat 2,6 marta, azot nitrit 60 marta, xloridlar 1,3 marta, mis ionlari 2,1 marta yuqori ekani va bu daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelishiga sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.
Oxirgi vaqtlarda tabiatimizda ham anomal o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, qum bo‘ronlari. O‘zbekistonga o‘tgan yili 4-noyabr kuni Ural tomondan sovuq havo oqimi, u bilan birga kuchli shamol kirib kelishi oqibatida mamlakatning bir qator hududlari, xususan, Toshkent shahrida chang-qum bo‘ronlari kuzatilgandi. Shu kuni soat 21:00-23:00 oralig‘ida Toshkent havosidagi chang ruxsat etilgan miqdordan 30 barobargacha oshib ketgani va havosining ifloslanishi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston poytaxti dunyoda birinchi o‘ringa chiqib olgani qayd etildi. Chang 8-noyabrga kelibgina chekingandi.
Aynan yuqorida qayd etilgan negativ omillar bugungi kunda aholi salomatligiga salbiy ta’sir etib, ekologiyaga bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur holatlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish yo‘lida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorlik asosida ekologik omillarni o‘rganish uchun moddiy texnik bazani yaratish, uni modernizatsiyalash va yetuk malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lida ildam qadam tashlamoqda. Jumladan, 2018 yilda tashkil etilgan “TTA-KU hamkorligidagi ilmiy markaz” Oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tarkibiga kiritildi. 2021 yilning 24 avgustida O‘zbekiston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan markazda yaratilgan sharoitlar gigiyenik va texnik talab darajasida ekanligini tasdiqlagan holda attestatsiyadan o‘tgani to‘g‘risida guvohnoma berildi. Hozirgi kunda markazda doktorantlar, tayanch doktorantlar va 15 ga yaqin “Atrof muhit va inson salomatligi” mutaxassisligi magistratura talabalari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
An’anaga ko‘ra, bugungi kunda o‘tkazilayotgan 8-xalqaro ishtirok bilan o‘tkazilayotgan respublika ilmiy-amaliy anjumani profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan dunyo miqyosida va respublikamizda ekologiyaga bog‘liq muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Mamlakatimizda atrof-muhit muammolarini o‘rganish, ularni hal etish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘simliklar va hayvonot dunyosini, atmosfera havosi va tabiiy resurslarni asrash hamda chiqindi muammolarini bartaraf etish, ekologik ta’limni joriy etishga qaratilgan e’tibor va bu borada me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani fikrimiz dalilidir. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatimiz ekologiya sohasida keng ko‘lamli islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika xaritasini ishlab chiqish, ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish shular jumlasidan.Farmon bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi. Moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh barobar, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summalari ikki barobar oshirildi.
Respublikamizda ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Endilikda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish bo‘yicha keng ko‘lamda ish olib borilayotgani tahsinga sazovor. Shu bilan birga, har yili bahor va kuz oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e’tibor qaratilishi lozimligi belgilandi.
Hozir mintaqaning suv resurslarini o‘rganish, tadqiq etish, pirovard suv resurslarining uzoq yillik prognozlari ustida asosan yuzlab xitoylik olimlar ilmiy ishlanmalarni amalga oshirmoqda. Ular tog‘dan oqib tushuvchi xar bir jilg‘a, muzliklar holatini masofadan zondlash, zamonaviy iqlim o‘zgarish ssenariylari asosida matematik modellashtirib, uzoq muddatli suv prognozlarini ishlab chiqmoqdalar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sohaga oid yangi qonun loyihalari tuzish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi. Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zarur. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, jonajon Vatanimiz O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi.
Ona tabiatimizni o‘zimiz va kelgusi avlodlarimiz uchun asrashimiz shart. Har birimiz bu dolzarb ishda mas’ulmiz.
Foydalanilgan Internet saytlar
- ecoloji.com.uz
- ecolog.uz
- kun.uz/news
- yuz.uz/uz/uz/news
- cyberleninka.ru
“Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Faxriddin Yernazarov