islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Arab tilining o‘ziga xosligi

Arab tili dunyodagi tillar ichida ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan tildir. Lug‘at boyligi, bir kalimani bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shevalari ko‘p tillardan hisoblanadi.

18 dekabr – Jahon arab tili kuni. Bu sana bir sababga ko’ra tanlangan: roppa-rosa 50 yil avval shu kuni arab tili BMTda rasmiy maqomga ega bo’lgan.

Arab tili jahon sivilizatsiyasi xazinasi YuNESKO veb-saytida shunday deyilgan: “Arab tili o‘zining xilma-xil shakllari bo‘yicha o‘ziga xos estetikaga ega: mumtoz tildan tortib dialektalgacha, ham og‘zaki nutqda, ham she’riyatda, hatto xattotlikda ham. Arab tilining bu estetikasi me’morchilikda, she’riyatda, falsafada, musiqada ham o‘z ifodasini topdi. Arab tili o’ziga xoslik va e’tiqodlarning ajoyib xilma-xilligini taqdim etadi va uning tarixi boshqa tillar bilan yaqin aloqada ekanligini ko’rsatadi. Aynan arab tili tarixiy bilim katalizatori rolini o‘ynadi, Uyg‘onish davri Yevropasida yunon va rim falsafasi va falsafasining tarqalishiga yordam berdi. Bu Hindiston qirg‘oqlaridan Afrika shoxigacha bo‘lgan Ipak yo‘li bo‘ylab madaniyatlar muloqotini yo‘lga qo‘yish imkonini berdi”.

Bu til Qur’oni karim tili, janob Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) tillari bo‘lgani uchun ham uni o‘rganish yo‘llari ilgarigi zamonlardayoq ishlab chiqilgan. Arab tilini o‘rganish uchun ham boshqa tillarni bilib olish uchun kerak bo‘ladigan fonetika-grammatika, ya’ni sarf va nahv ilmi mukammal o‘rganiladi.

الٓرۚ تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱلۡكِتَٰبِ ٱلۡمُبِينِ

Alif. Laam. Ro. Ushbular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir. (Yusuf surasi 1-oyat)

إِنَّآ أَنزَلۡنَٰهُ قُرۡءَٰنًا عَرَبِيّٗا لَّعَلَّكُمۡ تَعۡقِلُونَ

Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik, shoyadki, aql ishlatsangiz. (Yusuf surasi 2-oyat)

Umar ibn al-Xattob (roziallohu anhu) ham arab tili haqida quyidagi jumlalarni aytganlar: – “Arab tilini o’rganing, chunki u ongni tartibga soladi va jasorat qo’shadi!”

Arab tili sayyoradagi eng qadimiy tillardan biri bo’lib, insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim tarixiy merosi bo’lib, u jahon tarixining burilishlariga katta ta’sir ko’rsatdi. Yer yuzida 15 000 ga yaqin turli tillar mavjudligiga qaramay, Qur’on arab tilida nozil qilingan. Nima sababdan? Hofiz ibn Kasir (rahmatullohi alayhi) bu izohni beradi: “Arab tili tillarning eng fasohatlisi, eng tushunarlisi va hayolda paydo boladigan ma’nolarni yetkazib berishda eng keng ma’nolisidir. Shunday ekan, eng aziz Kitob yer yuzining eng aziz nuqtasida eng aziz farishta orqali eng aziz tilda eng aziz Rasul (alayhissalom)ga nozil qilingan va uning nozil bo‘lishi yilning eng aziz oyi Ramazon oyidadir”.

Alloh taoloning o‘zi arab tilini tushunarli, odamlarga axborotni idrok etishni osonlashtiruvchi til deb ataydi. U zot:

فَإِنَّمَا يَسَّرۡنَٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمۡ يَتَذَكَّرُونَ

Bas, albatta, Biz uni (Qur’onni) sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.” (Duxon surasi 58-oyat), deb marhamat qildi.

Arab tili ko’p asrlar davomida keng hududlarda bilim tili bo’lib kelgan. Arab tili tibbiyot, she’riyat, matematika, astronomiya va boshqa fanlarning ham tilidir. G‘arb Sharqqa hayrat va havas bilan boqib, uning aholisidan saboq olgan bir paytda bu til haqiqatan ham dunyo tili edi. Va bu asrlar davomida davom etdi. Bu til eng sof tillardan biri bo’lib, unga boshqa chet tillari va madaniyatlari eng kam ta’sir ko’rsatgan.

Endi lingvistik nuqtai nazardan, arab tilining nechoglik mukammal til ekanligini bilish uchun insonning mohiyatini tushunishda arab tiliga murojaat qilaylik. “Inson” – انسانKorish” –  اناس sozidan olingan. Odamlar odamlar deb ataladi, chunki ular jinlardan farqli o‘laroq ko’rinadi. Jin so‘zi esa janna جنّ fe’lidan olingan bo‘lib, yashirish, yopish degan manoni anglatadi. Bunda sozlarning qanchalik orinli hamda ma’nolariga mos tanlanishi va  nomlanishini korish  mumkin.

Shuningdek buni yana shunday talqin qilish ham mumkin, Alloh taolo:

وَٱبۡتَلُواْ ٱلۡيَتَٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُواْ ٱلنِّكَاحَ فَإِنۡ ءَانَسۡتُم مِّنۡهُمۡ رُشۡدٗا فَٱدۡفَعُوٓاْ إِلَيۡهِمۡ أَمۡوَٰلَهُمۡۖ

Yetimlarni to nikoh (yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oz mollarini topshiring” (Niso surasi6-oyat), deb marhamat qiladi. Yana boshqa bir oyatda:

وَلَقَدۡ عَهِدۡنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبۡلُ فَنَسِيَ وَلَمۡ نَجِدۡ لَهُۥ عَزۡمٗا

Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik.” (Toha surasi 115-oyat) – dedi.

Bu ikki oyatda ham ءَانَسۡتُم va نَسِي sozlari, ya’niunutishsozi ishlatildi. “Inson” “Unutuvchanliksozidan ham olingan.  

Bu ma’nolarni bilish katta foyda keltiradi. “Unutuvchanlikinsonning aql-zakovatini anglatadi. Inson unutadigan va eslaydigan mavjudotdir va bu aqlga ishora qiladi. U eslatilishga, eslashga va o‘rganishga muhtojdir. Inson oz aqlini rivojlantirishi va uni asrashi kerak, chunki bu katta rahmatdir. Inson o‘rganishi, rivojlanishi, o‘sishi, dono bo’lishi va o‘rgatishi kerak. O‘sish va rivojlanish insonning belgisidir. Ibn Abbos (roziallohu anhu): “Bir kishi arab tilidaInson” deb atalganining sababi, u bilan (tarixning boshida) ahd-paymon tuzilgan bo‘lib, u (nasiya) uni unutganidandir, dedi. (Tabaroniy). Tabaroniy shunday deydi: Mo‘min shunday yaratilganki, u fitnaga moyil bo‘ladi, tavba qiladi va unutadi, qachonki unga eslatilsa, yana Allohni eslaydi”. Demak, Inson so‘zi ozidaunutish, eslash va o’rganishga ehtiyoj manolarini olib yuradi.

Shuningdek, arab tilining yana bir xususiyatiga nazar solib uning boshqa tillardan farq qilishini korish mumkin. Chet tillarini organish boyicha koplab tadqiqotlar mavjud, ular hatto bu jarayon davomida miya hajmi oshib borishini aytishadi. Ayniqsa, arab tiliga kelganda, bazi tadqiqotchilar arab tili bilan shugullangan miyani odatdagidan farqli ravishda ishlaydi, u asosan chap yarim sharni ishlatadi, deb takidlaydilar. Bu quyidagicha sodir boladi. Arab tilidagi harflarning ozini misol qilinadigan bolsa, diqqatni harflarning alohida nomlanishi va harflardagi ostki-ustki nuqtalarning farqlanishiga qaratishga togri keladi. Ong yarim shar asosiy ozgarishlarga koproq e’tiborini qaratadigan bir vaqtda, miyaning chap yarim shari aynan mana shunday kichik narsalarni sezadi. Chet tilini organish miya uchun ayni kerakli mashqdir. Nerv birikmalarining sifati yaxshilanadi. Chunki odatiy tartibga, ya’ni chapdan ongga oqish, yozish va kitob varaqlashga organib qolgan odam uchun bu ishning ayni teskarisini qilish miya rivojlanishi uchun kerakli mashq hisoblanadi. Ma’lumki, arab tilida ongdan chapga qarab yoziladi, oqiladi va kitoblar ham shunday varaqlanadi.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Norxojayeva Nilufar Ulugbek qizi

 

431091cookie-checkArab tilining o‘ziga xosligi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: