islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

TABIATNI ASRANG!

Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, uni yaxshilash eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tgan asrning oxiriga kelib inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muvozanatining buzilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta`sirida biosferaning o‘zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy jarayonlarga ta’siri yoki yomon munosabatda bo‘lishi natijasida XX asr o‘rtalarida ekologik muammolar ko‘payishiga olib keldi va bu muammolar avj olib ketdi. Hozirgi kunda dunyo kundan kunga ko‘plab ekologik muammolarga duch kelmoqdi. Ushbu muammolarning ba’zilari, masalan, global isish, kislota yomg‘iri, havo va suv ifloslanishini o‘z ichiga oladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi. Aslida mamlakatimizning go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol va shifobaxsh suvlari asrlar davomida insoniyatni maftun etib keladi. Lekin, sanoatning rivojlanishi, energiya resurslariga talabning ortishi, tabiatga munosabatning o‘zgargani iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhit ifloslanishi, suv taqchilligi kabi muammolarni ko‘ndalang qo‘ydi. Bu muammolar yechimini topish uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotga joriy etilgani xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan bo‘sh yerlarga ko‘chat ekish, bog‘-rog‘lar barpo etish an’analarini qayta tikladi. Ona tabiatga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirdi.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish g‘oyasining ilgari surilgani energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash (o‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot) va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishga, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, tabiiy ekotizimlarni asrashga, iqlim o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashga qulay muhit yaratdi.

Mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi ezgu ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, yashil boyliklar salomatligimiz va farovon hayotimiz manbai ekanini yanada teranroq anglatishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Chunki yer yuzidagi o’rmonlar qisqarishi, shu bilan birga daraxt va butalarning kesib tashlanishi, yerlar dehqonchilik qilish maqsadida o‘zlashtirildi, dorilar bilan o‘g‘itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiatga zarar yetkazildi. Bundan tashqari tabiatda suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, chang bo‘ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi tabiatning tabiiy ozgarib borishiga va muvozanatining buzilishiga olib keldi. Hozirda Respublikamiz yirik sanoat va agrar mintaqa bo‘lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi jonajon yurtimizda ijtimoiy-ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda keskin bo‘lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

– yirik hududiy-sanoat majmualari joylashgan hududlarda ya`ni Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona, Marg’ilon va boshqa joylardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu hududlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhit ekologik holatini buzulishiga olib kelmoqda;

– agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar;

– tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar (zaharli kimyoviy moddalar) va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi;

O‘zbekiston keskin kontinental iqlim mintaqasiga kiradi. Ayniqsa, Orol fojeasi, so‘nggi yillardagi iqlimiy o‘zgarishlar mintaqa aholisining nafas olish organlari kasallanishlari darajasini oshirib yubordi… Vatanimiz O‘zbekistonning poytaxti bo’lgan Toshkent shahrida ham havo ancha ifloslangan. Toza havodan nafas olish muammo bo‘lib qoldi. Havoning ifloslanishi natijasida turli xil: nafas olish a’zolari, saraton, allergiya kabi kasalliklar ko‘paymoqda. Transport vositalarini haddan tashqari yildan yilga ko‘payib borishi, tabiatni ifloslanishiga olib keladigan turli xil yoqilg‘ilar (mazut, avtomashina shinalari, barglar va boshqalar) dan yoqilg’i sifatida foydalanish havoni ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, jonajon diyorimizda tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi. Yani, aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, biosferaviy muvozanatni saqlash, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko‘zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish, qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvozanatini saqlash, chiqindilardan oqilona foydalanish, regional va mahaliy darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash, tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini(individlarda mavjud bo‘lgan va mazkur populyatsiyasini (ma’lum bir hududda yashovchi muayyan bir turdagi barcha organizmlar) tashkil qiluvchi genlar yig‘indisi) landshaftlarning (o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik) xilma-xilligini saqlash, Orol dengizi muammosi bilan bog‘liq halokatli ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash hamda Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash kabilar juda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ekologiya boyicha nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi keng ko’lamda hayotga amaliy, izchil tatbiq etilishi shart.

Sevimli diyorimiz ekologiyasini muhofaza qilish va uni yaxshilash uchun, ekologik tanazzulning oldini olish, yurtimizning qadimda ma`lum bo‘lgan ekologik holatini qayta tiklashimiz, tarixni yaxshilab o‘rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimizni taqozo etadi.

 Jonajon tabiatimizni asrashga hammamiz mas’ulmiz.

Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi

Faxriddin Ernazarov tomonidan tayyorlandi

Foydalanilgan Internet saytlari

  1. ecoloji.com
  2. lex.uz
  3. uza.uz
  4. qalampir.uz
  5. cyberlenika.ru
  6. imlo.uz
439901cookie-checkTABIATNI ASRANG!

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: