islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon – islom ma’rifati va ma’naviyatining fidoyisi

“Bizning qanday buyuk va shonli o‘tmishimiz, qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yahshi bilamiz va bu bilan hamisha fahrlanamiz. Biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yoq”. (Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti)

Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.01-Toshkent shahri-1982.22.12) – muftiy, taniqli diniy arbob va ma’rifatparvar olim bo‘lgan. Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (Boboxonov), o‘z davrining yetakchi din arbobi, mintaqa musulmonlarining muftisi edi. O‘n ikki yoshida Qur’on xofizi bo‘lgan. 1943 yili tashkil etilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratiga otalari Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon rais, Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon esa ma’sul kotib va O‘zbekiston qozisi etib saylanishdi. U kishidagi katta tashkilotchilik, din qayg’usida jon kuydirish, musulmonlar ishi uchun fidoyilik hislatlarini ayniqsa jo‘sh urdirib yubordi. Shundan keyin Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon butun umrini Alloh taoloning dini hizmatiga bag‘ishladi, yurt musulmonlari manfaatini qattiq turib himoya qildi, xalqni ma’rifatli qilish ishining boshida turdi. Ziyovuddinxon qorining Islom dini sofligi, musulmonlar birdamligi, mamlakatimizda Islom dinini turli bid’at va xurofatlardan tozalash, dindorlar o‘rtasidagi ixtilofligi holatlarga barham berish borasidagi xizmatlarini hozirgacha yaxshi eslashadi. Uning hayoti va ijodi islom dinini targ‘ib qilish, diniy ta’limni rivojlantirish va xalqaro diniy aloqalarni mustahkamlashga bag‘ishlangan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshgan yetakchi din arbobi edi. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi va unga bevosita rahbarlik qildi. Bu zot arab va rus tillarini juda yahshi bilgan.

 1908-yil 8-yanvarda Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Toshkent shahrida tugʻilgan. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, keyin Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil olgan (1923-1931). 1947-1948-yillarda Qohira shahridagi al-Azhar universitetining shayxlaridan -Abdulloh Fuqqoiy Hofiz Tiyjoniylardan dars olib tugatgan. Keyin Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Makka va Madina shaharlariga borib bilim olib qaytgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943-1957), 1957-yilda Eshon Boboxon vafotidan keyin Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylangan (1957-1982). Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning saʼy-harakati bilan Buxoro shahrida Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka shahri, 1976). Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga tarjima qilgan. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning “Diyorimizda islom va musulmonlar” asari (1979, rus tilida) da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan taqdirlangan. 1998-yil tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

2023-yil 27-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlangan.

Otalari Eshon Boboxon hazratlarining vafotidan keyin, 1957 yili shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy vazifasiga yakdillik bilan saylandi. Shundan keyin uning yangi masjidlar ochish, hajga boruvchilar uchun yetarli sharoit yaratish, yurtimiz musulmonlarining xorijdagi dindoshlari bilan aloqalarini mustahkamlash, diniy nashrlarni chop etish sohasidagi faoliyati yanada kuchayib ketdi. Namoz vaqtlarini belgilab bergan diniy taqvim chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Shayx Ziyovuddinxon qori muftiylik qilgan chorak asrli davr ichida Qur’oni karim turli koʻrinishlarda besh marta nashr qilindi.

1982-yil 22-dekabrda shayx Ziyovuddinxon qori ibn Eshon Boboxon vafot etgan. Ulug’ ulamo Тоshkent shahrining Hazrati Imom majmuasidagi Qaffol Shoshiy maqbarasiga dafn etilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, muftiy Ziyovuddinxon qori ibn Eshon Boboxon O‘zbekiston va butun musulmon Sharqining diniy-ma’naviy tarixida chuqur iz qoldirgan, yuksak ilm va taqvo egasi boʻlgan ulugʻ allomalardan biri boʻlgan. U sobiq sovet davridagi ogʻir sharoitlarga qaramasdan, islom dini, Qur’on va hadis ilmlarini targʻib qilish, madrasalarni qayta tiklash, yosh avlodni diniy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan. Bu zotning rahbarligi davrida O’rta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro miqiyosda tan olingan markazga aylangan. Shayx Ziyovuddinxon qori muftiylik qilgan chorak asrli davr ichida Qur’oni karim turli koʻrinishlarda besh marta nashr qilindi.

Shuningdek muftiy Ziyovuddinxon qori ibn Eshon Boboxonning diniy-adabiy merosi, xususan islom tafakkuri va sogʻlom jamiyat qurishdagi gʻoyalari bugungi kunda ham dolzarbligini yoʻqotmagan. Hazrat Ziyovuddinxon qori ibn Eshon Boboxonning hayoti-sabr, iymon va ilmga boʻlgan sadoqatning yorqin namunasi sifatida tarixda muxrlanib qoladi.

 Foydalanilgan adabiyotlar va Internet saytlari

  1. Амирсаидхон Усмонхўжаев. Динимиз фидойилари (Тарих, хотиралар, сабоқлар). Иккинчи тўлдирилган нашр “Tafakkur” нашриёти. Тошкент-2021. 374 бет
  2. w.w.w.arboblar.uz
  3. w.w.w.ziyouz.uz

4.w.w.w. uz.wikipedia.org

 

“Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi

Faxriddin Yernazarov tomonidan tayorlandi.

450710cookie-checkMuftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon – islom ma’rifati va ma’naviyatining fidoyisi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: