Hayotimiz ko‘pincha shoshilinch va befoyda narsalarga sarflanadi. Biz atrofimizdagi insonlarning qaysi kiyimni kiyishi, nima yeyishi, qayerga sayohat qilishi yoki kim bilan ajrashishi bilan band bo‘lamiz. Ijtimoiy tarmoqlar, videolar va yangiliklar bizni o‘ziga rom etadi, lekin bular hayotning haqiqiy ma’nosini bermaydi. Shu bois ko‘pchilik hayotini bo‘sh va maqsadsiz o‘tkazadi, o‘z ruhiy va ilmiy rivojlanishini unutadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam esa bizga haqiqiy qadriyatlarni va yuksak axloqni sevishni eslatadilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir kuni sahobalariga bunday dedilar:
“Albatta, Alloh Karimdir va karamni sevadi! U yuksak axloqni sevadi, vaqtini behuda yo‘qotganlarni esa yomon ko‘radi!”
O‘zing uchun oliy maqsadlar qo‘y:
- O‘z mutaxassisliging bo‘yicha oliy darajalarni qo‘lga kiritish;
— Foydali turkum darslarni kuzatish va manfaatli dasturlarni tomosha qilish.
Sen o‘z hayotingda o‘zing uchun yasha, odamlar hayoti ichida yashama! Odamlarning aksariyati nima bilan band?
Falonchi mashhur kishi nima yedi, nima kiydi! Falonchi bloger qayerga bordi? Falonchi TikToker nima qildi? Falonchi nega safarga chiqdi? Falonchi nega ajrashdi?
Natija — bo‘sh hayot va arzimas qiziqishlar!
Biz shu behuda narsalar uchun yaratilganmizmi?! Yer yuzida nega yashayapmiz?!
Shunday ekan vaqtni behuda narsalarga sarflamasdan shaxsiy rivojlanish, ilmga intilish, yaxshilik qilish, oxiratga tayyorgarlik ko‘rish, o‘z hayotimizda mazmunli yashash, Allohning roziligini qozonishga intilishimiz kerak.
Siz o‘zingiz uzoq vaqt istiqomat qiladigan qabringizni obod eting — chunki u yerda yolg‘iz bo‘lasiz!
TII Magistratura talabasi Abdurahim Turaqulov
Adham Sharqoviyning kitobi asosida tayyorlandi.






