Muhammad G’azzoliy 1917-yil 22-sentabrda Misrda tavvallud topgan. 1941-yilda Al-Azhar universitetini bitirgan. Makkadagi “Ummulquro” universiteti, Qatar universiteti va Jazoirdagi “al-Amir Abdulqodir” Islom fanlari universitetida dars bergan. G’azzoliy Qohiradagi Xalqaro islom tafakkuri instituti ilmiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari G’azzoliy 60 dan ortiq kitoblarning muallifi bo’lib, ularning ko’pchiligi turli tillarga tarjima qilingan. – Toshkent islom instituti talabasi Amina ERKINOVA





