Ramazon oyi – butun musulmon olami uchun eng muqaddas va barakali davr bo‘lib, u faqatgina ochlik va chanqoqlik bilan cheklanib qolmaydi. Bu oy ruhiy poklanish, sabr-toqatni mustahkamlash, taqvoni oshirish va nafs ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Ramazon sog‘liq uchun ham ko‘plab foydalar olib keladi. Ushbu oy davomida musulmonlar ibodat qilish, sadaqa berish, odob-axloqni yaxshilash va gunohlardan poklanish orqali Yaratganga yaqinlashadilar. – Toshkent islom instituti talabasi Abror ASLANKULOV





