islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Behbudiy

Tag

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – FIDOYILIK TIMSOLI!

Bitta maktab ochish bilan ish bitmasligini anglagan Behbudiy xalqning qabih illatlari va kamchiliklarini ko‘rsatib beradigan bir “oyna” zarurligini chuqur his qiladi. Bu yo‘lda kitoblarning o‘rni beqiyos edi. Chunki kitoblar insonni har qanday yuksak cho‘qqilarga olib chiqadigan pillapoya vazifasini bajaradi. Shu sababli u 1908-yilda Samarqand gubernatori ruxsati bilan kutubxona ochadi. Dastlab kutubxona fondi 220 jilddan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik u 225 jildli kitoblar xazinasiga aylanadi. Boshlanishida 125 nafar talabaning a’zo bo‘lishi bu ishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatardi. Biroq Sovet tuzumi bu ilm maskanini ham chetlab o‘tmadi va 1911-yilda kutubxona yopildi. Xulosa o‘rnida aytish joizki... TII 1-kurs talabasi Muhammadsodiq CHORIYEV

Mahmudxo‘ja Behbudiyning shaxsiyati va ijodi

“Dunyo millatlariga qaralsa koʻrilurki, muntazam maktablari bor va ularda avvalo diniy bilim ustiga dunyony ilm va fan oʻqitulur. Zeroki, dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilmni bilmoqlik darkordir. Zamona ilmini bilmagan millat boshqa millatlarga poymol boʻlur” – degan edi Mahmudxo‘ja Behbudiy.  Ma’rifatparvar yozuvchi, drammaturg Behbudiy 1875-yilyilning 19-yanvarida Samarqandning Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan. To‘liq ismi Mahmudxoʻja ibn Behbudxoʻja ibn Mullo Mirzo Abdulmajid. Otasining nasabi Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Avvalgi saboqlarini otasidan, undan keyin Buxoro madrasasida oladi. Oilaviy muhit uning yozuvchilik bilan bogʻliq hislatlarining boshlang‘ich kurtaklari hisoblanadi. 1899-yilda haj ziyoratiga borib, ziyorat asnosida Turkiya va Misr davlatlariga ham borib, u yerdagi yangilanishlar guvohi boʻladi. - Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Muhammadamin GʻIYOSIDDINOV

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING “MUXTASAR TARIXI ISLOM” ASARI…

XX asr boshlarida Markaziy Osiyo — ayniqsa, Turkiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi. Shu murakkab davrda millatni uyg‘otish, ongini yangilash va uni ilm-ma’rifatga chorlashdek og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan jadid ziyolilari sahnaga chiqdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shu tarixiy shaxslar orasida yetakchi arbob bo‘lib, o‘zining diniy, siyosiy va pedagogik qarashlari bilan ma’rifatparvarlik tarixiga chuqur iz qoldirdi. Uning yozgan asarlari ichida “Muxtasar tarixi islom” nomli risolasi muhim diniy-ma’naviy manba sifatida ajralib turadi. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV

Mahmudxoja Behbudiy-turkistonlik jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi va milliy ma’rifat rahnamosi

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)– olim, yozuvchi, o‘zbek  dramaturgiyasining  asoschisi, publitsist  va jamoat arbobi bo‘lgan. Shuningdek bu zot o‘zbek jadidchilar harakati yetakchisi bo‘lgan. Alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV

Behbudiyning ta’lim va ijtimoiy faoliyati

Mahmudxo‘ja Behbudiy – o‘zbek ma’rifatchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va jamiyatni rivojlantirish edi. U jadidchilik harakatining faol targ‘ibotchisi bo‘lib, yangi usuldagi maktablarni ochish, matbuotni rivojlantirish va teatr orqali xalqni uyg‘otish kabi sohalarda katta xizmat qilgan. Uning faoliyati bugungi kun uchun ham juda dolzarbdir. - Toshkent islom instituti talabasi  Hilola ISMOILOVA
1 2