Nikoh — Islomda eng muqaddas rishtalardan biridir. U faqatgina ikki insonning o‘zaro shaxsiy ittifoqi bo‘lib qolmay, balki jamiyatning axloqiy va ijtimoiy tuzilmasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Islomda, nikohga alohida e’tibor qaratilgan. Nikoh ibodat maqomida ko‘riladi. Bu borada mashhur hanafiy olimi Ibn Obidin rahmatullohi alayh quyidagi fikrni bildirgan: “Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda jannatda ham davom etadigan amal ikkita bo‘lib, birinchisi — iymon, ikkinchisi — nikohdir.” Bu fikr nikohning ilohiy qadriyat ekanini anglatadi. Nikoh orqali oila barpo etiladi. Oila esa jamiyatning eng kichik, ammo eng muhim birligi sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi: “Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va orangizda sevgi va marhamatni solib qo‘ygan (ham) Uning oyat–belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.” (Rum surasi, 21-oyat). Bu oyat nikohning faqat jismoniy emas, balki ruhiy, hissiy va ma’naviy jihatdan uyg‘unlikni ta’minlovchi ilohiy muassasa ekanini ko‘rsatadi. Nikohni barqaror, sog‘lom va mas’uliyatli tarzda qurish uchun Islomda muayyan mezonlar — xususan kafoat (tenglik) talabi ilgari suriladi. Kafoat lug‘aviy jihatdan “tenglik”, “moslik”, “muvofiqlik” degan ma’nolarni anglatadi. Fiqhiy istilohda nikohda erkak bilan ayol o‘rtasida muayyan jihatlar bo‘yicha muvofiqlik bo‘lishi lozimligini bildiradi. Bu muvofiqlik faqat shaxsiy istak emas, balki ijtimoiy barqarorlik va axloqiy muvozanatni saqlash maqsadida belgilangan mezondir. Hanafiy mazhabi ulamolari kafoatni nikohning maqbul va uzoq muddatli bo‘lishi uchun zarur omil deb hisoblashgan. Kafoat mezonlari vaqt o‘tishi bilan ba’zi tafsilotlarda farq qilgan bo‘lsa-da, uning asosiy mohiyati o‘zgarmagan: Er va xotin o‘rtasida din, axloq, moliyaviy ahvol, ijtimoiy maqom va boshqa muhim jihatlar e’tiborga olinishi kerak. Eng muhim mezon — bu diniy muvofiqlikdir. Ulamolar diniy yetuklikni nikoh uchun birinchi darajali ahamiyatga ega deb bilishgan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Agar sizlarga dini va xulqi sizni rozi qiladigan biri (qizingizga sovchi bo’lib kelsa) qizingizni unga turmushga bering. Agar buni qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta buzuqlik paydo bo‘ladi” deganlar. Bu hadisdan ko‘rinadiki, erkakning taqvodorligi, dinni tushunishi, ibodat va axloqiy pokligi eng muhim ustuvorlik hisoblanadi. Dindor ayolni fosiq erkakka berish, nafaqat oilaning, balki jamiyatning barqarorligiga ham xavf tug‘diradi. Tenglik yana nasabda ya’ni bo’lajak kuyov kelinga nasl-nasabda teng bo’lishi e’tiborga olinadi. Chunki faxrlanish nasl- nasab tufayli kelib chiqadi. Nasl noma’lum bo’lsa, tenglik hisoblanmaydi. Nasl-nasabi aniq bo’lmagan erkak nasl-nasabi ma’lum bo’lgan qizga teng bo’la olmaydi. Nasabning muhimli kelin-kuyovning oilalari orasida muvofiqlik bo’lishi va oilaviy qadiryatlarni bir-biriga mos kelishiga asoslanadi. Bu esa kelgusida oilada kelib chiqadigan ziddiyatlarning oldini olish va barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy jihatdan tenglik. Erkakning ayolga nafaqa berish qobiliyati fiqhda zaruriy shartlardan biridir. Shuningdek, bu mezon kafoat mezonlari ichida ham e’tiborga olinadi. Ba’zi fuqaholar erkakning kasbi va ijtimoiy maqomini ham kafoat mezonlariga kiritishgan. Chunki ayrim jamiyatlarda kasb-hunar oilaning obro‘siga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda kafoat masalasiga kengroq nuqtai nazardan yondashilmoqda. Endilikda faqat nasl-nasab yoki kasb emas, balki quyidagi jihatlar ham muhim o‘rin tutadi. Ma’naviy uyg‘unlik: Hayotiy qarashlar, diniy e’tiqod darajasi va ruhiy holatning o‘zaro mosligi, ta’lim darajasi, bilim saviyasi va fikrlash tarzi o‘rtasidagi moslik. Oilaviy madaniyat: Har ikki tarafning oila qadriyatlariga munosabati va axloqiy uyg‘unligi, halollik, fidoyilik, sabr-toqat kabi insoniy fazilatlarning mavjudligi ham e’tiborli va zaruriy ishlardan hisoblanadi. Ushbu zamonaviy...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ogoh boʻling, ayollarni faqat valiylari turmushga bersin va faqat oʻzlariga teng boʻlgan kishilarga turmushga bersinlar”, deganlar. Xalqimizda “teng tengi bilan” degan hikmatli soʻz bor. Bu soʻz shariatimizning koʻrsatmalariga muvofiq keladi. Fuqaholar boʻlajak kelin-kuyovlar quyidagi jihatlarda oʻzaro teng boʻlishiga e’tibor qilish lozimligini aytganlar: Otabek BAKIROV, TII 401-guruh talabasi
Оилада илм ҳукм суриши, фарзандларнинг салоҳиятли бўлиши ҳамда жамиятга ва динга хизмат қилувчи мукаммал авлод етишиб чиқишида аёлнинг ўрни беқиёсдир. Аёл илмли ва илмга муҳаббатли бўлар экан, оиладан ҳар томонлама мукаммал инсон етишиб чиқиши муқаррардир. Бугун Тошкент ислом институтида “Олима аёл – миллат тарбиячиси” номли тадбирда талаба қизларга “Илм карвонидаги аёл ва оила” мавзусида ҳаётий тажрибалари билан ўртоқлашган ҳолда суҳбат қилиб беришлари учун бугунги кунда диний-маърифий нашрларни ташкил этишда ва шу соҳанинг равнақи учун жонбозлик кўрсатаётган дин арбобларининг мунис онаси, марҳум шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг турмуш ўртоқлари Фотимаи ая Исмоил Махдум ва фарзанди Оминахон Муҳаммад Юсуф ташриф буюрдилар. Тадбир Қуръони карим тиловати ва Фотима аянинг дуолари билан бошланди. Суҳбат давомида Фотима ая талаба қизларга ҳозирги ижтимоий ҳаётда аёл-қизларнинг илмли бўлишлари ва ҳаётда ўз ўринларини топишлари нақадар муҳим эканлигини тушунтирган ҳолда уларга бир қатор тавсиялар бериб ўтдилар. Жумладан, илм олишда, авваламбор ихлосли бўлиш ва ниятни тўғри қилиш, илм ва оилани тенг олиб боришга эътиборли бўлиш ва бу йўлда жидду жаҳд қилиш, ўзини психологик тўғри тайёрлай олиш ва албатта тартибга риоя қилиш ҳамда олдига қўйилган ишларни ўз вақтида бажаришга ҳаракат қилиш. Жумладан, Фотима ая марҳум Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфни хотирлаб, у зотнинг оилада аёлларга бўлган эътиборлари, уларнинг илм олишларига бўлган ҳарисликлари ҳамда яратиб берган шароитлари ҳақида таъкидлаб ўтдилар. Фотима аянинг тавсиялари давоми ўлароқ Оминахон Муҳаммад Юсуф Тошкент ислом институтининг битирувчиси сифатида ўз талабалик даврини хотирлаган ҳолда бу даврнинг қадрига етишга ва назарий олинаётган илмларини амалда тадбиқ қилишга ҳаракат қилишга ҳамда орттирилган кўникмаларини жамиятимиз ва оила учун хизматда тўғри фойдалана олишга чорлади. Тадбирнинг иккинчи қисми талаба қизлар томонидан берилган саволлар билан давом этди. Илм аҳлининг фарзанди, турмуш ўртоғи ва волидаси тимсолидаги Фотима аядан талабалар амалий намуна сифатида ўзларини қизиқтирган кўплаб саволларга жавоблар ва тавсиялар олдилар. ТИИ Матбуот хизмати 1 887
Nikoh - bu yaqin rishta va mustahkam ahddir. Oilaviy hayot davom etishi uchun yaratilgan nikohdagi jismiy va ruhiy birdamlikni boshqa hech bir ikki shaxsni o'rtasida topa olmaysiz. Alloh taolo bandalariga qudrati va hikmatining cheksizligini va mo’jizaligini ko’rsatish uchun va uning hikmatli zot ekaniga dalolatlaridan biri shuki, oyatlarda aytilganidek “sizlar uchun sizlar bilan bir xil jinsdan juftlaringizni-xotinlar yaratib, ular bilan tinchlanasizlar”. [Qurtubiy tafsiri]...- TII “Tillar kafedrasi o’qituvchisi Ozoda Maxkamova