islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Тавсия этамиз

Бўлимлар

Usmoniylar davlatining tarixi va unga asos solinishi

Usmonli imperiyasi, Usmonlilar davlati (Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan) – Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va SHimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299— 1922). Usmonli imperiyasiga Usmon I asos solgan. Bu davlat dastlab kichik Osiyoning shimoliy g‘arbiy qismi eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarning Ko‘niya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Erto‘g‘rul hijriy 687 (milodiy 1288) yilda vafot etadi, uning o‘rniga o‘g‘li Usmon qoladi. Usmoniylar davlatining nomi ana shu Usmonga nisbat beriladi. U bu davlatning asoschisi, Usmoniy podshohlaring birinchisidir...- Toshkent islom instituti talabasi G‘ofurjanov Muhammadnabi

Sharq va G‘arb tilshunoslari arab tili grammatik qonun-qoidalarini yuzaga kelishi haqidagi fikrlari

Arab tili va uning grammatik qonun-qoidalari Sharq va G‘arb tilshunos tadqiqotchilari tomonidan ham juda ko‘p o‘rganilgan. Ular olib borgan ishlar natijasiga ko‘ra, arab tili grammatikasi nahv ilmining yuzaga kelishi haqida bildirgan fikrlari quyidagilardan iborat...- Toshkent islom instituti Turg‘unov Abdulatif

Tafsir ilmiga o‘zgacha yondashgan olim

Tafsir ilmi - Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimni to‘g‘ri tushunish, Alloh taolo o‘z kalomining qa’riga yashirib qo‘ygan xazinalaridan xabardor qilganicha  va suyukli payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy qilganidek anglash va uni qalbga singdirish uchun vosita bo‘lgan eng muhim ilmlardan hisoblanadi. Bu ilmga butun hayotini bag‘ishlagan va uning rivojiga hissa qo‘shgan olimlarni sanab sanog‘iga, hisoblab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan darajada ko‘p zikr qilishimiz mumkin...- Toshkent islom instituti talabasi Ikromjonov Abubakr

Тинчлик ва осойишталик учун барчамиз масъулмиз.

Тинчлик ва осойишталик барқарор юртда барака бўлади. Барака бўлиши учун биз иймон ва тақвода бўлсак, жонажон ватанимиз тинч ва осуда бўлишига ҳисса қўшган бўламиз. Бу барча пайғамбарларнинг суннати ҳамдир. Зеро, Ҳадиси шарифда:“Икки неъмат борки, кўпчилик инсонлар унинг қадрига етмайдилар. У – хотиржамлик ва сиҳат-саломатлик”, дейилган...- ТИИ Модуль таълим тизими талабаси, Тўрақўрғон туман “Исҳоқхон тўра” жоме масжиди имом-хатиби Суфиев Жаъфархон

Қимматли уч маслаҳат

Суфёни Саврий раҳматуллоҳи алайҳ Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг авлодларидан бўлмиш Имом Жаъфари Содиқ раҳматуллоҳи алайҳнинг ҳузурларига бориб: “Менга насиҳат қилмагунингизча ёнингиздан кетмайман”, деди. Мен сизга нима кўпроқ фойда келтирса, шуни айтаман, эй Суфён, деб Имом Жаъфар қуйидаги учта ҳикматли насиҳатларини баён қилди...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
1 2 3 51