Maktabdagi oxirgi kunlarini ko’zda yosh va allanechuk hislar bilan tamomlagan bitiruvchi o’quvchilar guruh-guruh bo’lib ketib borar, sinfdoshlarning suhbatlari hech tugamaydigandek edi. Toshlarga urilib sharqirab oqayotgan soyning chuqur qismi ustidagi ko’prikda esa Ahmad uning eng yaqin do’sti Zayd va bezoriligi bilan tanilgan Xalil turibdi. Xalil o’n bir yil davomida Ahmadni biror marta fikrini ma’qullamagan. Uni doim o’ziga dushman bilgan. - O.Ahmad va M.Abdulqayum