Muqaddas dinimizning asosiy manbasi bu – Qur’on va hadis hisoblanadi. Islom dini kelib, yer yuzida tarqalibdiki, butun islom diyorlarida Qur’on o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Har qanday ilmning, har qanday sohaning boshlanishi Qur’on bo‘lgan. Ya’ni, kishi qaysi kasbni, hunarni o‘zlashtirmasin, dastlab Qur’on yodlar, uning mazmun-mohiyatini anglar edi. Shu sababli ham, islom dini tarqalgan diyorlar shu davrgacha modomiki dinlariga amal qilib kelgan ekanlar, eng kuchli va rivojlangan yurtlar hisoblangan...- Toshkent islom instituti talabasi Sultonova Bibixadicha
Al-Ajurumiyya nima? “Al-Ajurumiyya” Ibn Ajurrum tomonidan yozilgan grammatika bo‘yicha eng muhim kitoblardan biri bo‘lib, bu asarga “Matn al-Ajrumiyya” yoki “Al-Muqaddima al-Ajurumiyya” kabi boshqa nomlar ham berilgan. Tilshunoslar bu kitobni eng muhim arab grammatik matnlaridan biri deb bilishgan va bu kitobning ahamiyati tufayli bir qator arab tili olimlari va grammatika mutaxassislari ushbu matnni fan talabalariga mos va talabalar uchun tushunarli qilib sharhlaganlar. Ushbu kitob kichik, ammo foydali risola bo‘lib, arab tili grammatika kitoblari orasida mashhurligi bo‘yicha Ibn Molikning “Alfiya” nomli mashhur asari bilan raqobatlasha oladi. Bu asar muxtasar matn yozish borasida juda foydali ish bo‘lgan...- Toshkent Islom instituti talabasi Anvarov Abdulahad
Eng eng qadimgi arablarning izlari eramizdan oldingi birinchi mingyillikning boshlariga taqaladi. Arablar o‘zlarini qadimgi Qaxton (janubiy arablar) va Adnon (shimoliy arablar) urug‘idan tarqalganmiz deyishadi. Arab tili somiy tillar guruhining janubiy shoxobchasiga taalluqlidir. Arab tili taraqqiyoti uch bosqichga bo‘linib o‘rganiladi: qadimgi, klassik va hozirgi zamon arab tili...- Toshkent islom instituti talabasi Ismoilov Abdulaziz
Arab tili va uning grammatik qonun-qoidalari Sharq va G‘arb tilshunos tadqiqotchilari tomonidan ham juda ko‘p o‘rganilgan. Ular olib borgan ishlar natijasiga ko‘ra, arab tili grammatikasi nahv ilmining yuzaga kelishi haqida bildirgan fikrlari quyidagilardan iborat...- Toshkent islom instituti Turg‘unov Abdulatif
Arab tilining qonun-qoidalari tizimi – nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariy muhim oʻrin egallaydi. Arab tilshunosligiga oid asarlar ajdodimiz ulug alloma Mahmud az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Ulug’ oliming arab grammatikasiga oid ”Al-Mufassal fin-nahv“ (1121-yil)nomli asarini Makka shahrida yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. Bu asar arab tili nahvi sarfini mukammal o’rganishda eng muhim manbalardan biri sifatida azaldan Sharda ham, G’arbda ham shuhrat topgan va g’yatda qadrlanadi...- ”Tillar“ kafedrasi katta oqituvchilari Faxriddin Yernazarov va Komilxon Boqiyevlar