- Qur’onning tili–arab(arabiy) tili.
- Arab tili-jannat tili.
- Arab tilida 28 ta harf borki, ular soʻz oxirida oʻrtada yozilgandan farq qiladi.
- Arablar arab yozuvidan foydalanib, o‘ngdan chapga yozadilar.
- Arab tilida bosh harflar yo‘q, tinish belgilari ham o‘ngdan chapga yoziladi, lekin raqamlar chapdan o‘ngga yoziladi.
- Arab tili BMTning 6 ta rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.
- Arab shevalarining 5 ta guruhi mavjud.
- Arablar tarixan xorijiy so‘zlarni o‘zlashtirib olishni istamagan, o‘zlarining arab atamalaridan foydalanishni afzal ko‘rgan, garchi ko‘p narsa shevaga bog‘liq.
- Rus tilida arabcha so‘zlar ko‘p, ular: algebra, algoritm, jirafa, zenit, sirop, divan, tarif, kimyo, eliksir va boshqa so’zlar.
- Arab tili zamonaviy ispan tiliga katta ta’sir ko‘rsatdi, chunki Pireney yarim orolining muhim qismi uzoq vaqt arablar hukmronligi ostida edi.
- Arab tilida bo’g’in kochirish yoq, shuning uchun satr oxirigacha bo’sh joy qolsa, bo’sh joy qolmasligi uchun so’zni cho’zib yozish mumkin.
- Dunyoda arab tilida 422.000 000 dan ortiq kishi so’zlashadi.
- Misr davlati arab tilida eng kòp sòzlashuvchi aholiga ega, 90.000 000 aholining 82.500 000 si arab tilida sòzlashadi.
- Dunyoda 22 tа davlatda arab tili rasmiy til hisoblanadi.
- Arab tili Eriteriya, Chad va Isroil davlatlarida ikkinchi rasmiy tildir.
- Arab tili “Zod –ض– tili” deb ham ataladi. Chunki faqat arab tilida“ض”harfi mavjud.
- Arab tili turk, o’zbek, fors, kurd, fransuz, ispan va boshqa ko‘plab tillarga ta’sir qilgan.
- Arab tilining harflaridan boshqa tillar ham foydalanadi. Ular: fors, kurd, malay va eski turkiy tillardir.
- Arab tili xattotligi dunyodagi eng go‘zal san’atlardan biridir.
- Arab tilida 12.300 000 ta so‘z mavjud.
Siz ulug’ alloma Mahmud az- Zamaxshariy haqidagi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Arab tilining qonun-qoidalari tizimi – nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariy muhim oʻrin egallaydi.
Arab tilshunosligiga oid asarlar ajdodimiz ulug alloma Mahmud az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Ulug’ oliming arab grammatikasiga oid ”Al-Mufassal fin-nahv“ (1121-yil)nomli asarini Makka shahrida yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. Bu asar arab tili nahvi sarfini mukammal o’rganishda eng muhim manbalardan biri sifatida azaldan Sharda ham, G’arbda ham shuhrat topgan va g’yatda qadrlanadi.
O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida ulug’ allomaning ”Al-Mufassal fin-nahv“ asari katta eʼtibor qozongan va arab tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan.
Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Mahmud az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg‘a qilishni vaʼda bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor bo‘lganligi manbalarda keltirilgan.
Sharqda allomani hurmat va mehr bilan ”Ustozul arab val ajam“ (”Arablar va gʻayri arablar ustozi“), ”Faxru Xorazm“ (”Xorazm faxri“) kabi sharafli nomlar bilan ataganlar.
Mahmud az-Zamaxshariy hayoti davomida ilm oʻrganish maqsadida tinmay dunyo kezgan. Buyuk alloma Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Shom (Suriya) kabi davlatlarning Marv, Nishopur, Isfahon, Bagʻdod, Hijoz, Damashq va Makka kabi shaharlarida boʻlib, asarlari uchun boy manba toʻplagan.
Mahmud az-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalarini, jumladan, arab tilining sarfu nahvini, adabiyotshunoslik, lugʻatshunoslik, tilshunoslik, geografiya, aruz, mantiq, diniy ilmlar, Qurʼon tafsirini mukammal egallagan.
Buyuk allomaning bebaho merosi durdonalari orasida tilshunoslikka oid eng mashhur asarlaridan ”Sharh abyat kitob Sibavayh“ (”Sibavayh kitobining sharhi“), ”Al-Mufassal fin-nahv“, ”Al-Unmuzaj“ (grammatikaga oid) alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, bobokalonimiz lugʻatshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar olib borgan. Yangi usuldan foydalanib, dunyoga mashhur bir necha lugʻatni tuzgan. Shular jumlasiga ”Al-Foiq fi gʻaribil hadis“, ”Asosul balogʻa“ (”Balogʻat asosi“), ”Al-Muʼjamul arabiyyatul forisiyyat“, ”Muqaddamatul adab“ asarlari kiradi. Shu bilan birga, Qurʼoni karimga yozgan sharhlarini oʻz ichiga olgan ”Al-Kashshof“ asari islom olamida tafsirga oid asarlar orasida eng mukammali ekanligi sharqshunos va arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Mazkur asarlarning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari turli mamlakatlar qoʻlyozma fondlarida saqlanmoqda hamda, koʻplab dorilfununlarda darslik sifatida haligacha qoʻllanib kelmoqda. Ular aksariyatiga atoqli va nufuzli olimlar tomonidan sharhlar yozilgan.
Mashhur tarixchi Ibn Qiftiy (vaf.1248 y., Halab) ”Zamaxshariy ilmul adab, nahv va lugʻat bobida oʻzgalarga misol boʻladigan alloma boʻlib, hayoti davomida koʻplab buyuk olimu fuzalolar bilan uchrashgan. Alloma tafsir, hadis, nahv va boshqa sohalar boʻyicha yetuk, zukko boʻlib, uning bir qancha asarlari bordir. U oʻz asrida arab tilida ijod qilgan ajamlar (arab boʻlmaganlar) orasida eng buyugidir“, deb yozadi.
Mahmud az-Zamaxshariy qomusiy olim sifatida tilshunoslik, adabiyot, geografiya, tarix va boshqa qator yoʻnalishlar boʻyicha maktab yaratgan. Mashhur allomaning 200 dan ortiq shogirdi boʻlgan. Ulug allomaning asarlarini bevosita oʻrganib, ilmu fanning sirlarini egallagan 100 dan ortiq olim gʻoyibdan oʻzini Zamaxshariyning shogirdi deb hisoblagan.
”Tillar“ kafedrasi katta oqituvchilari
Faxriddin Yernazarov va Komilxon Boqiyevlar
tayorlashgan.
Foydalnilgan Internet saytlari:
- uz.wikipedia.org
- old.muslim.uz
- oliymahad.uz
- bukhari.uz
- kukaldosh.uz