Arab tilida "بِرّ"(birrun) so‘zi 1) yaxshilik, asllik, mehribonlik, oliyjanoblik, muhabbat; 2) taqvodorlik, diyonat, xudojo‘ylik; 3) muhtojlarga yordam, xayr-saxovat, ehson, xayriya degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa ulamolar: “Birr” barcha yaxshiliklarni jamlovchi ismdir. “Birr” odamlarga yaxshi axloqlar ila muomalada bo‘lish, ularga yaxshilik qilish, rahm ko‘rsatish va sodiq bo‘lish hamda Alloh taolo bilan bo‘ladigan muomalada U Zotning buyruqlarini lozim tutish va qaytariqlaridan qaytishdan iboratdir. Shuningdek, gunohlardan xolis bo‘lgan doimiy amalga ham “birr” deyiladi, deb aytganlar...- TII “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Qodirov Abdulvali Usmonqulovich