Olamlar Robbisi Allohga hamdu sano bo‘lsin, Allohing karamli bo‘lgan Rosuliga, uning ahli bayti va sahobalariga salovat va salomlar bo‘lsin. u Zot solallohu alayhi vasallamga qiyomat kunigacha yaxshilik bilan ergashganlarga ham Allohning salomi va salovati bo‘lsin.
Ammo ba’d, Alloh musulmonlarga pokiza hayvonlarning go‘shtidan yeyishlikni va ularning a’zolaridan foydalanishni halol qildi. Uning halollik hukmlarini Kitob va sunnatda bayon qildi.
Alloh taolo pok zotdir. U faqatgina pok narsalarni, Islom shariatiga mos keladigan va o‘zining roziligi uchun qilinadigan amallarni qabul qiladi. Haqiqatdan ham dinimiz pokiza narsalarni lozim tutib, harom narsalardan uzoqlashishga jiddiy ahamiyat bergan. Chunki bu inson qalbiga, xulq-atvoriga, yurish-turishiga va kelagak zurriyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Alloh taolo Baqara surasining 172-oyatida: “Ey mo‘minlar sizlarga halol rizq qilib bergan pokiza narsalardan yenglar va Allohga shukur qilib unga ibodat qilinglar” deb marhamat qilgan.
Ba’zi ulamolarimizning aytishicha, oshqozon badandagi bir hovuz kabidir, tomirlar esa oqib turguvchi daryo. Agar oshqozonga biror bir illat tushadigan bo‘lsa, u tomirlar orqali butun tanaga tarqaladi. Bu yerda ikki muhim narsaga e’tibor qaratilmoqda: Pokiza halol narsalarni iste’mol qilish va solih amallarni ado etish. Yeydigan luqmasining halolligi kishining Allohga yaqin bo‘lishi va duosining qabul qilinishida katta o‘rin tutadi.
“Tazkiya” va “zabh” lug‘atda tamomiy qilish ma’nosida. Ba’zi olimlar “tazkiya” poklash ma’nosida deyishadi. Hayvonning qoni oqsa, uning ruhi poklanadi. Bu nisbatlar lug‘aviy ma’no jihatidandir.
Iste’lohda esa, tazkiya qonni oqizish, jonliqning jon tomirini kesish, ushlash qiyin bo‘lgan hayvonlarni Allohning ismini qasd qilib tarador qilishdir.
Shariatda so‘yish asboblaridagi asosiy shart, o‘tkir bo’lishi deb belgilangan. U temirdan, toshdan yoki yog‘ochdan bo‘lishida farq yo‘q. Lekin hozirgi kunga kelib so’yishning ko’pgina zamonaviy turlari keng tarqaldi. Bu kabi avtomatlashtirilgan so’yish uskunalari yordamida kuniga minglab hayvonlarni so’yish imkoni paydo bo’ldi. Bu uskunalar hayvon turlariga qarab turlicha ishlatiladi. Tovuqni so’yuvchi avtomatlashtirilgan uskunada qo’y yoki sigir kabi hayvonlarni so’yishni iloji yo’q.
Tovuqni so’yishning bir necha yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi. Xususan Kanada, Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda keng tarqalgan zamonaviy so’yish uslubidan biri shuki, minglab tovuqlar maxsus katta so’yish jihoziga tirik holatida kiritiladi va o’sha jihozdan so’yilgan va toza go’sht shaklida chiqadi. Bu kabi usullar tovuq yetishtirib va uning go’shtini tayyor iste’molga tayyor holatda yetkazib beruvchi fermalari uchun katta qulaylik tug’diradi, lekin masalaning boshqa tarafiga islom nazariyasi bilan nazar solish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy tovuq so’yish uslublarini o’rganib chiqilgan quyidagi ko’rinishlari aniqlandi va ularga shariat nizomi asosida shar’iy hukm berildi.
- Tovuqni muzdek suvga solinadi va elektr toki yordamida o’ldiriladi;
- Aylanib turuvchi pichoq bilan halqumi kesiladi;
- Tovuqni issiq suvga solinadi;
- Mexanik so’yish uskunalarida so’yish vaqtida tasmiya aytish qanday ado qilinadi.
Tovuqni muzdek suvga solinsa va elektr toki berilmasa, u holda so’yish ado topmagan bo’ladi. Agar tovuqni muzdek suvga solinsa va elektr toki berilsa ham odatda hayvon o’lmaydi, balki dimog’i sezmay qoladi. Og’riqsizlantirish garchi yurakning sezish qobiliyatini to’xtatsada, bu yo’l bilan kerakli miqdorda qon chiqmaydi. Bu usulning o’zi bilan hayvon ko’pincha o’lmaydi, lekin bu ishdan keyin o’lib qolsa, uning go’shtini yeyish joiz emas hisoblanadi.
Aylanib turuvchi pichoq tez harakat qilmaydi. U tovuqning halqumi yonida aylanib turadi va avtomatik ravishda kesadi. Aslida u tovuqning tomirini kesishi kerak bo’ladi, lekin tovuq to’xtamay harakatlanishi natijasida tomiri pichoqqa to’liq to’g’ri kelmaydi. Shu sabali u tovuqning ozgina tomirini kesishi yoki juda kam miqdorda kesadi. Uning tomiri to’liq kesilganligida shubha paydo bo’ladi va to’liq shar’iy so’yish ado topmagan hisoblanadi.
Aylanib turuvchi pichoq bilan so’yilgan tovuqning patina onson yulish uchun, ustidan qaynoq suv quyiladi. Hali to’liq tomiri so’yilmagani bois tovuq o’lmay qolgan va ruhi chiqmagan bo’lishi mumkin. Uning o’limiga qaynoq suv sabab bo’lib qolishi ehtimoldan holi emas. Bu yo’l bilan o’ldirish haromdir. Ushbu uslubning yana bir karohiyatli tomonidan biri shuki, 100 gradusdan oshib qaynab turgan suvga solinganda, tovuqning ichaklarida turgan najosatlar uning go’shtiga tarqalib ketadi. Najosatning tarqalish sababi qaynab turgan suvdadir. Bu kabi hayvon go’shtining iste’molini faqihlar abadiy harom bo’lgan go’shtlardan deyishgan. “Durrul muxtor”. Lekin biz yuqorida zikr qilgan maslamizda suv qaynash haroratiga bormagan, balki 100 gradusdan past haroratdagi suv harida. Bunda najosat go’shtga tarqamaydi. Qaynab turmagan, issiq suvga ozgina miqdorda solish, uning patini yulinishi uchundir. Bunda suvning harorati shunday bo’lishi kerakki, unga qo’lni tiqib ko’rilganda kuydirmaydigan darajada bo’ladi.
Quyidagi zamonaviy so’yish uslublarining ta’qiqlanganlik sababi, shariat belgilab qo’ygan shar’iy so’yish hukmlariga to’laqonli mos kelmaganida ekanligini ko’rib chiqtik. Ijtimoiy hayotimizda mana shu kabi so’yish usullaridan ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Toshkent islom instituti 403- guruh
talabasi Boqiyeva Habiba