islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Tafsirut Tabariy

Tafsirut Tabariy nomi bilan shuhrat qozongan “Jomeʼal-bayon fiy taʼvil al – Qurʼon” nomli ushbu bebaho asar baʼzi tadqiqotchilar nazdida maʼsur tafsir yo‘nalishida yozilgan ilk mukammal asar sifatida bilinadi.

Qur’onning har qanday oyatlarining tafsirida “Tafsirut Tobariy” yoki “Jamiul bayan nomi bilan mashhur bolgan tafsir kitobi olimlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning muhimligi shundaki, ushbu asar bizgacha toliq yetib kelgan eng   qadimiy tafsirlardan hisoblanadi. U oziga xos tarzda rivoyat va rivoyatlarni keltirish va ulardan birini boshqasidan tarjih qilishdan tashqari, oyati karimadan hukmlar chiqarishga ham etibor qaratilgan va uning afzalliklari, mavqeyi ko’plab mufaqqih, mufassir, muhaddis ahli ilmlarning tayanchiga aylandi, shu jumladan, g’arb sharqshunoslarni ham.

Kitobning avvali musannifning muqaddimasi bilan boshlanib, bu muqaddimada Qur’on haqidagi hadislar va Qur’on haqidagi noto’g’ri talqinlarni Tabariy yoritib beradi. Hadislarni sanadi bilan bayon qilib tushuntirib beradi. Va tavilga muhtoj hadislarni keltirib bu haqidagi bahslarni hammasi keltirib, so’ngra o’zining so’zi bilan yakunlaydi.

Shundan so’ng, mufassir oyatlarga tartib bilan o’tadi. Mufassir avval oyati karimani keltiradi. So’ngra, unga umumiy maʼno beradi. So‘ngra, birorta sahobiy yoki tobeindan oyati karimaning tafsiriga aloqador bo‘lgan so‘zlarini sanadlari    bilan keltiradi. Muayyan oyatlarning o‘qilish tartibi borasida vorid bo‘lgan turli xil qiroat uslublarini zikr qiladi va ulardan birini tarjih etadi. Oyat mazmuni yoxud sababi nuzuliga taalluqli bo‘lgan hadisi shariflarni ham sanadlari bilan zikr qiladi. Oyatlardan tarmoqlanib chiquvchi fiqhiy hukmlarga ham to‘xtaladi. Goho, eʼtiqodiy masalalarga ham teginib, bidʼat ahliga ilmiy raddiyalar beradi.

Rivoyat qilinishicha, Muhammad ibn Jarir Tabariy ushbu asarni yozishdan oldin uch yil mobaynida istihora qilgan. So‘ngra, qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan yozgan. Uni imlo qilishdan avval shogirdlariga yuzlanib: “Qurʼon tafsirini yozib olishga g’ayrat qila olasizmi?, – deydi. U zamonlarda ustozlar aytib turganlar. Shogirdlar yozib turganlar. Shunda shogirdlar: U necha varaq bo’ladi?, – deyishdi. U kishi: O’ttiz ming varaq bo’ladi, – deb javob berdilar. Shogirdlar: Buni yozib tamomlaguncha umr ketib qolar ekan, – deya eʼtiroz bildirishdi. Shundan soʼng, Tabariy o‘z tafsirini qisqartirib, uch ming varaqqa tushirdi. Lekin shunda ham, ushbu asar hajm jihatidan eng katta tafsir bo‘ldi.

Uning aksar, matbaalar tomonidan chop etilgan nusxasi o‘ttiz mujalladdan iborat. Аytish joizki, Tabariy tafsiridan so‘ng bugungi kungacha taʼlif etilgan aksar tafsir kitoblarining uslubi Tabariy qo‘llagan uslubdan katta farq qilmaydi.

Ko‘plab mashhur islom ulamolari Tafsiri Tabariyning o‘z bobida misli yo‘q bir kitob ekanligini eʼtirof etib, madh etganlar. Jumladan, Аbu Homid Isfiroyiniy shunday deydi: “Аgar kimdir ushbu tafsirga ega bo‘lish uchun Chin (Xitoy) yurtiga safar qilsa, bu yo‘lda chekkan mashaqqati arzimas hisoblangan bo‘lar edi”.

Imom Tabariy Qu’roni Karimni tafsir qilishdan maqsad, oyatlarning mumkin bolgan tomonlarini oydinlashtirish va bu jihatlarni tadqiq qilish ekanligini aniq korsatgan.

          Ibn Jarir mustaqil fikr bilan tafsir qiladigan as’hobur  ray mufassirlar bilan doimiy muxosama va munozara qilar edi. Uning fikricha, har bir mufassir tafsirda sahobiy yoki tobein ilmiga, undan naql qilingan rivoyatlarga, albatta, murojaat qilishi shart. Sahih tafsirning alomati shudir.

Toshkent islom instituti

404 guruh o’quvchisi

Oxunov Zuhriddin

387410cookie-checkTafsirut Tabariy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: