islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Asg’ar Aliy Rabboniy

Otam Asg’ar Aliy Rabboniy rohmatullohi alayh o’z davrida bir qancha shayxlarining shogirdi bo’lgan, jumladan:

1)  Alloma, Hadis Shayxi Xoyr Muhammad Jalandhariy 

2)  Shayx Alloma Muhammad Sharif al-Kashmiriy

3)  Shayx Alloma Muhammad Sharif

4)  Shayx Alloma Muhammad Is’hoq Kuhoniy

5)  Shayx Alloma Atiq ar-Rahmon (Mahmud Kutiy)

6)  Shayx Alloma Musoxon Ruhoniy Boziy

7)  Shayx Muhammad al-Multoniy

8)  Shayx Siddiq Ahmad Faysal Obodiy

9)  Shayx Alloma Abdusattor

10)  Shayx Alloma Sayyid Abu Zar Ato al-Munim al-Buxoriy

11)  Shayx Alloma G’ulom Mustafo al-Multoniy

Muftiy otam (Asg’ar Aliy Rabboniy) diniy ilmlarni tugatgandan so’ng, Pokiston jome’alaridan bir qanchasida, dars berish vazifasini o’z zimmasiga oldi. Otam hadis, tafsir va fiqh ilmlarida kuchli malakaga ega inson edi. U tafsir kitoblaridan “Tafsir al-Bayzoviy” va “Tafsir al-jalolayn”ni, hadis kitoblaridan Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” va Imom Muslimning “Sahih Muslim”, Imom Abu Dovudning “Sunani” va Imom Termiziyning “Sunani”dan, Fiqh fanidan “Hidoya” asaridan ta’lim berdi. Otam bu va boshqa yana bir qancha kitoblardan dars berdilar. Alloh taolo otamga, hijriy 1402-yil (m.1982 yil)dan to hayotining oxirigacha “Dar-ul Ulum Karachi” universitetida bu ulug‘ vazifani bajarish baxtiga musharraf qildi. Bu vaqt oralig’ida universitetdagi “Darul Ifto”da fatvo berish vazifasini ham bajardi. Otam (Asg’ar Aliy Rabboniy) fatvo vazifasiga qattiq e’tibor qaratar edi. Bu sohada ortilaridagilarga ulkan natijalarni, tashlab ketdilar.

“Darul Ulum Karachi” universiteti shayxlari, otamning fatvoga ishtiyoqini boshidanoq ko’rishgan edi. Shuning uchun, uni  universitetdagi “Dorul ifto” bo‘limi vazifasiga tayinladilar, uning fatvo qo‘mitasiga a’zo qilib, ishga oldilar. Universitet shayxlarning bu yosh olimdan kutgan umidlari puchga chiqmadi, Yosh yigit bo’lsa ham fatvoga berilib, kechani kunduzga, tongni tunga ulab ga’yrat qilar edi. Bu ishga shu darajada sho’ng’idiki, o’limining oxirgi kunidan oldin ham bu ish bilan mashg’ul bo’ldi. U o’limi oldidan, meros bo’yicha nozik bir masalaga javob berdi va u buni odatdagi faroiz kitoblaridagi hisob-kitoblarga ko’ra yechib, uni tashih qilib, imzosi bilan muhrladi.

Uning bu boradagi qat’iyati va matonatidan dalolatdirki, universitet o‘z 50  yilligi munosabati bilan hijriy 1420-yili tashkil etilgan tadbirda “Dorul Ifto”ning ishlari va xizmatlari namoyish etdi. Otamning fatvolarining umumiy soni yigirma yetti mingdan oshdi (taxminan 27914). Ularning hammasi qalami yoki ishonchnomasi bilan chiqarilgan. Hozirda bu son ellik ming (50 000) fiqhiy masalalardan oshib ketgani tasdiqlandi.

“Bu Allohning fazlidir, (va uni) xohlagan kishisiga beradir ”

   Otam Asg’ar Aliy umrining deyarli yarmini, ya’ni qirq yilini xizmatda “Darul Ulum Karachi” universitetida “Dorul Ifto” bo’limida xizmat qilib o’tkazdi. “Dorul Ifto” bo’limiga pochta orqali ko’plab savollar kelib tushardi. Otam u bo’limda ish boshlagan vaqtidan beri tinib bilmasdi. “Dorul Ifto” bo’limi esa bu fatvolarga javob berish vaqti cho’zilib ketar, vaqtlarni muvofiqlashtira olmasdi. Otam dam olish kunlarni ham bu kelgan masalalarga javob berish bilan o’tkazardi. Ko’pincha tunlarni kunlarga ulab yuborardi.

Toshkent islom instituti 404-guruh

talabasi Dadabayev Islombek

394500cookie-checkAsg’ar Aliy Rabboniy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: