Bilamizki bu buyuk sahoba Rasululloh (s.a.v.)ning ilg‘or ansoriy sahobalaridan. Zayd ibni Sobit nubuvvat yillarida Madinada tugʻilganlar. Zayd rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlarida chamasi o‘n bir yosh edi. Hijriy 2-yil, Badr gʻazotiga tayyorgarlik jarayoni, qoʻshinlar janga saflanishyapti. Qoʻshinni ichida yosh sahoba oʻzini boʻyicha qilich koʻtarib, yelkalarini choʻzib goʻyoki oʻzini kattalarga oʻxshatib turibdi. Shunda bu vaziyatni koʻrgan Rosululloh alayhissalom uni oldiga kelib ikki yelkalariga urib yoshligi sabab unga Badrda qatnashishga izn bermadilar. Bu sahoba Zayd ibn Sobit edi. Shunda kichik Zayd qilichini yerga sudrab mahzun holatda onasini oldiga qaytdi va onasiga oʻzining orzusi Rosulullohga yaqin sahobalardan boʻlishligini aytdi. Va bu borada chuqur oʻyladilar yaʼni Rosulullohga qanday yaqin boʻlish mumkinligini. Va bu ilmdan boshqa narsada emasligini bildi.
Va fikrini onasiga bildirdi. Badr jangidan soʻng onasi uni Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga olib bordi va dedi:
– Yo Rasululoh, bu – o‘g‘limiz Zayd ibn Sobit. Qur’ondan o‘n yetti surani yod olgan. Ularni sizga tushirilgan tartibda yodlagan. Qo‘l-oyog‘i chaqqon, o‘qish-yozishni biladi. Shuning uchun yoningizda yurishni istayapti. Istasangiz, tinglab ko‘ring.
Rasululloh (s.a.v.) Zaydni tinglab ko‘rib, tajvidi chiroyli va tili ravon ekanini bildilar. Qur’on kalimalarini diqqat va e’tibor bilan o‘qishidan ma’nolarni anglayotgani ma’lum edi. Rasululloh (s.a.v.) Zayddan mamnun bo‘ldilar. Uning chiroyli xati esa, yanada xursand qildi. U zot (s.a.v):
– Zayd, men uchun yahudiylar yozuvini o‘rgan. Chunki aytayotgan gaplarimni to‘g‘ri tarjima qilishlariga ishonchim komil emas.
– Bosh ustiga, yo Rasululloh! – dedi Zayd va shu ondan ibroniy tilini o‘rganishga kirishdi. Qisqa muddatda o‘zlashtirib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) yahudiylarga maktub bitmoqchi bo‘lsalar, ibroniy tilida yozib, yahudiylardan kelgan xatlarni u zot (s.a.v)ga o‘qib bera boshladi. Bundan tashqari, Rasululloh (s.a.v.)ning tavsiyalari bilan suryoniy tilini ham o‘rgandi. Shu tariqa Zayd Payg‘ambar (s.a.v.)ning tilmochlariga aylandi. Juda aqlli va xotirasi kuchli inson edi. Qur’onni yozib borish vazifasi ham unga yuklangandi.
Zayd olim sahobalardan biri edi. Qur’onni yod olishdan tashqari, meros (faroiz) ilmini ham chuqur egallaganligi sabab, albatta Rasululloh (s.a.v)dir. Shunday qilib yosh Zayd ibni Sobit orzusi ushaldi.
Abdurahmon Ro’fat Poshshoning “Sahobalar hayotidan sahifalar” kitobi
Toshkent islom instituti talabasi
Abdusalomov Hojimurod