Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo’lsa, shuncha til bor.Tilsiz xalq yoq. Xalqsiz esa til ham bo’lmaydi. Bular egizak tushunchalardir, biridan birini ayirib bo’lmaydi, ularni ayirib qo’yilsa, ikkisisi ham o’zligini yo’qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo’shilib ketadi, uning tili esa o’lik tilga aylanadi. Kezi kelganda shuni aytib o’tishni lozim ko’ramizki, birgina til so’zi misolida ham tilimizning naqadar boy va serjilo ekanini yaqqol ko’rish mumkin.
Keling o’zbek adabiy tili haqida quyidagi ma’lumotlarni ko’raylik.
Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritilar edi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Atoqli olimlar Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissasi Rabgʻuziy“ asarlari eski turkiy tilda yozilgan.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb nomlangan. Ulug’ ulamolar Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy,AlisherNavoiy, Bobur, Mashrab, Gulxaniy, Zavqiy, Muqimiy, Furqat va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yozilgan.
O’zbek hukmdori Muhammad Shayboniyxon (1451-1501) oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yozilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.
Eski oʻzbek tilining rivoji hazrat Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yozibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.
O’zbek tili haqida qizqarli ma’lumotlar:
* O’zbek tili turkiy tillarning uch tarmog’i – qarluq, qipchoq va o’g’uz lahjalarini birlashtirgan.
* O’zbek tili jahonning eng yirik 50 tillaridan biri hisoblanadi.
* So’zlashuvchilar ko’pligi bo’yicha qardosh tillar orasida 2-o’rinda turadi.
* Dunyo bo’ylab 70 ga yaqin universitetda o’zbek tili va adabiyoti o’qitiladi.
* Hozirda biz gaplashayotgan o’zbek tili XX asrda shakllana boshlangan. O’zbekiston aholisi tomonidan tan olingan Farg’ona lahjasi uning asosini tashkil etdi.
8. Butun rivojlanish tarixi davomida o’zbek tilida uch xil yozuv mavjud edi. O’tgan asrning 20-yillari oxirigacha o’zbeklarning etnik guruhi arab alifbosiga asoslangan edi. Sobiq sovet hokimiyati paydo bo’lishi bilan yozuv bir qator islohotlarga duch keldi. So’ng 1938 yilgacha lotin alifbosi ishlatilgan, keyin esa kiril alifbosiga o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatga aylangandan so’ng 1993 yilda yana lotin alifbosiga qaytarildi.
“Tillar” kaferasi katta o’qituvchisi Faxriddin Ernazarov
Foydalnilgan adabiyotlar
1.А.Иброхимов, Х.Султонов, Н.Жўраев. Ватан туйғуси.Т. , Ўзбекистон, 16-бет.
2.uz.wikipedia
3.ginnes.uz