Ali Qushchi ( 1402- 1474) – O‘rta Osiyolik matematik va astronom. Ulug‘bek, Al-Koshiy va Qozizoda Rumiylarning shogirdi. Qozizoda Rumiyning o‘limidan so‘ng Samarqand rasadxonasini boshqargan.
Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng Ali Qushchi Forsga ko‘chib ketadi, u yerdan esa endigina turklar tomonidan bosib olingan Konstantinopolga ketib, sulton Mexmed II ga xizmat qiladi. Bu yerda u vizantiyalik olimlarni Samarqand maktablarining ayrim kashfiyotlari bilan tanishtiradi, jumladan, o‘n karralik hisob bilan. Ali Qushchi Istanbulning Ayo Sofiya masjidi qoshidagi madrasasi tashkil qilingan bo‘lib, turklar uni vizantiyaning Muqaddas Sofiya cherkoviga aylantirib, bir qator turk olimlarga ta’lim berishgan.
Ali Qushchi “Arifmetika fani haqida risola” va “Astronomiya fani haqida risola”lar muallifi. Bu asarlar XVI-XVII asrlarda O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida matematika fanini o‘rgatishda katta ro‘l o‘ynagan. U Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘ragoniy” hamda Al-Koshiyning “Samolar zinapoyasi”ga sharhlar yozgan.
Olim qolgan umrining bor-yo‘g‘i ikki yilini Konstantinopolda yashaganligiga qaramay, bu davr faol ilmiy va ta’limiy faoliyatga boy bo‘ldi. Xususan, Ulug‘bekka sodiq olim sifatida uning bebaho asari ” Zidjiy Ko‘ragoniy”ni turk tiliga tarjima qilib, unga sharh yozgan. XVII asrda Polshalik astronom Yan Geveliy asarni Ovrupoda nashrdan chiqardi.
Manbalarga ko‘ra, Ali Qushchi o‘zidan matematika, astronomiya va tilshunoslikka doir 30 ga yaqin asarlar qoldirganligi ma’lum. Uning ko‘plar asarlari Ovrupada mashhurdir. Ali Qushchining olib borgan ko‘plab tadqiqotlari matematika va astronomiya kabi fanlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Ali Qushchiga bir qator tilshunoslikka doir asarlar tegishli. U Ulug‘bekning elchisi sifatida Xitoyga safari chog‘ida ” Xitoy haqida kitob”ni ham yozgan.
Ali Qushchi 1474 yil 16 dekabr kuni Istambulda vafot etgan. U Istambuldagi Ayyuba masjidi huzuridagi qabristonga dafn qilingan. Masjidning kirish qismida marmar toshga “Ali Qushchi – ilm insoni” degan yozuv o‘yib qo‘yilgan.
Toshkent islom instituti talabasi
Tursunov Abduqodir