islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Muhammad Taqiy Usmoniy aytadilar:

Bir kuni Hindiston bosh vaziri Pokistonning Lohur shahriga ketayotgan edi. O‘sha joyda kuzatuv paytida doktor Abdulhay Laknaviy ham vokzalda edi. Shu joyda eski bir vagon ham bor bo‘lib, eskiligidan hamma joylari zanglab ketgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan edi, bosh vazir ketayotgan Lohur shahrida poyezd zavodi bor ekan. Lohurga boshqa poyezd yo‘qligi uchun bu vagonni qo‘shamiz deyishdi.

Vokzaldagi bu manzarani guvohi bo‘lib turganlar: “Chiroyli shohona poyezd ketyapti orqasida esa eskirgan laqa-shuqa vagon ulab qo‘yilgan”, deb eski vagon ustidan kulishdi.

Doktor Abdulhay Laknaviy turib-turib yig‘lab yuborgan va shunday degan ekanlar.

Vagon menga yig‘lab aytyaptiki: “Sizlar mening ustimdan kulmanglar, men haqiqatdan ham rasvoman, yomonman lekin yaxshi bilan birgaman, yaxshi bilan ketyapman. Shu yaxshi qachon Lohurga yetib borsa, men ham u bilan birga yetib boraman.”

Taqiy Usmoniy aytadilarki: “Alloh taolo  bandani ibrat ko‘zini ochmasa oyat aytsangiz ham, hadisdan gapirsangiz ham ibrat olmaydi. Ammo ibrat ko‘zini ochib qo‘ygan bo‘lsa Afandidan ham ibrat olaveradi. Ibrat olib bo‘lmaydigan jonsiz temir ham unga tili bilan gapiraveradi.

Lekin sharti shuki, yaxshiga ulanib u yurgan relsdan chiqmaysan, yo‘lda ulanib uzilib qolmaysan. Boshida ulandingmi oxirigacha uzilmasang ko‘zlagan manzilingga yetasan.”

Alloh taolo barchamizni ibrat ko‘zlarimizni ochsin.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Ashurov Mahmudxon

418350cookie-checkEski poyezd

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: