islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Nasihat

Xolid ibn Bob Rabaiy rohimahulloh aytadi: “Jome masjidda o‘tirsam, odamlar bir kishini g‘iybat qildilar. Men ularni qaytargan edim, ular tiyildilar. Biroz vaqt boshqa gapga mashg‘ul bo‘lgach, yana o‘sha g‘iybatga qaytdilar. Bu gal men ham ular bilan g‘iybat qilishga sherik bo‘ldim. O‘sha kechadi tushimda qo‘lida cho‘chqa go‘shti solingan tovoq ko‘tarib olgan bo‘yi uzun, qora tanli bir kishini ko‘rdim. U menga: ” Buni yegin”, dedi. Men: ” Cho‘chqa go‘shtini yeymanmi? Allohga qasamki men buni yemayman”, dedim. Shunda u menga qattiq do‘q urdi va: ” Bundan yomonroq narsani yeding-ku”, dedi. So‘ng haligi go‘shtni og‘zimga majburlab tiqqanida uyqudan uyg‘onib ketdim. Allohga qasamki, o‘ttiz yoki qirq kungacha har taomolanganimda o‘sha go‘shtning ta‘mi va badbo‘yligi og‘zimda bilinaverdi”.

Aziz birodarim! Tafakkuringizni ishlating. Hech kimga zulm qilmang. Cho‘chqa go‘shtini yeyishlikdan jirkanyapsizmi insonlarni g‘iybat qilishdan ham qayting.

Insonlarni yaxshi majlislarda uyqulari keladi. G‘iybat majlislarida esa tabiatlari ochilib, yayrab ketadilar va xursand bo‘lib o‘tiraveradilar. Bu ishlarning barchasiga ularning g‘aflati hamda shaytonga tobeligi sababdir. Shayton esa o‘ziga ergashgan kishini xarob qilmay qo‘ymaydi.

Shaytonni yomonligidan va insonlarni g‘iybat qilib qo‘yishdan Allohdan panoh so‘raymiz.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Yunusov Zuxriddin

419200cookie-checkNasihat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: