Til doimo insonlarning muloqot vosita vazifasini o‘taydi. Insonlarning o‘zaro aloqalari natijasida til shakllanadi va insonlar orasida keng tarqaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda besh yarim mingdan ortiq tillar mavjud. Arab tili ularning ichida eng ko‘p tarqalgan til hisoblanadi. Yer yuzidagi musulmon aholi sonidan kelib chiqib, ikki milliardga yaqin kishi kundalik namoz ibodatini bajarish va turli diniy qadriyat va rasm-rusumlarni ado etishda arab tiliga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunga kelib taxminan 25 ga yaqin davlatlarda arab tili rasmiy til sifatida tan olingan bo‘lib, ulardan oltitasida arab tili eng ko‘p muloqot qilinadigan til deb e’tirof etilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo aholisining yarim milliardga yaqini arab tilida so‘zlashishadi. O‘z navbatida arab tili dunyoda ko‘p so‘zlashiladigan tillar ichida beshinchi o‘rinni egallaydi.
Kundalik inglizcha so‘zlarni gapirayotganda, arabcha so‘z qo‘llayotganingizni bilasizmi? Hatto o‘ylamasdan, siz arabchadan kelib chiqqan so‘zlarni ishlatasiz. Aslida Ingliz tilining ko‘p so‘zlari arab tilidan kelib chiqqan. Arab tilidan ingliz tiliga qayday so‘zlar o‘tishi mumkin, beixtiyor insonning xayoliga Qur’on, hadis, sunnat, mazhab yoki shunga o‘xshash diniy terminlar keladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz tilidagi mingga yaqin so‘zlar arabcha so‘zlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Bu so‘zlar oziq-ovqat va ichimliklar, tibbiy va ilmiy atamalar, hayvonlar va o‘simliklar, shuningdek, biz foydalanadigan kundalik predmet va mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
Ingliz tiliga kirib kelgan arabcha so‘zlarning katta qismi ko‘p yillik xalqaro savdo, istilolar, kashfiyotlar va migratsiya natijasida bo‘lgan. Tarixchilar va tilshunoslarning taxminlariga ko‘ra, bir necha asrlar oldin ispanlar arabcha so‘zlarni o‘zlashtirgan va ishlata boshlagan. Ushbu tarjima o‘zgarishi miloddan avvalgi 700-yillarda boshlangan bo‘lishi mumkin. Ba’zi inglizcha so‘zlar arabcha so‘zlarning kelib chiqishi ghost (sharpa) so‘zi kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lsa, boshqalari bilvosita arab tilidan lotin, turk yoki fransuz kabi qadimgi Yevropa tillari orqali o‘tgan. Bu so‘zlarga shakar va admiral kiradi.
Quyida ba’zi misollar keladi:
Ingliz | arab | o‘zbek |
Sugar | سُكر | shakar |
Salad | سلاطة | salat |
earth | أرض | yer |
cotton | قطن | paxta |
Algebra | الجبر | algebra |
story | أسطورة | hikoya |
Jasmine | ياسمين | yasmin |
Safari | صفر | safar |
Check | صك أو شيك | chek |
Zero | صفر | nol |
Alcohol | الكحول | alkagol |
soda | صودا | soda |
4-bosqich talabasi To’laganova Dilfuza