“Dunyo millatlariga qaralsa koʻrilurki, muntazam maktablari bor va ularda avvalo diniy bilim ustiga dunyony ilm va fan oʻqitulur. Zeroki, dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilmni bilmoqlik darkordir. Zamona ilmini bilmagan millat boshqa millatlarga poymol boʻlur” – degan edi Mahmudxo‘ja Behbudiy. Ma’rifatparvar yozuvchi, drammaturg Behbudiy 1875-yilyilning 19-yanvarida Samarqandning Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan. To‘liq ismi Mahmudxoʻja ibn Behbudxoʻja ibn Mullo Mirzo Abdulmajid. Otasining nasabi Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Avvalgi saboqlarini otasidan, undan keyin Buxoro madrasasida oladi. Oilaviy muhit uning yozuvchilik bilan bogʻliq hislatlarining boshlang‘ich kurtaklari hisoblanadi. 1899-yilda haj ziyoratiga borib, ziyorat asnosida Turkiya va Misr davlatlariga ham borib, u yerdagi yangilanishlar guvohi boʻladi. - Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Muhammadamin GʻIYOSIDDINOV
Tarix mobaynida juda ko‘plab olimlar o‘tdilar va hammalarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida ham hadis, ham ruhiy tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lganlar qatorida Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh)ning ham ulkan maqomi bo‘lgan. Fuzayl ibn Iyoz (rohimahulloh) Xurosonda tug‘ilgan va ulg‘aygach Ko‘faga borgan. U yerda hadis eshitib so‘ngra Makkaga safar qilgan va shu yerda 187-yilda vafot etgan. U qo‘rquvdan yiroq va sayohatni sevuvchi edi. Ibrohim ibn Ash’as aytadi: “Qalbida Allohning azamati ulkan Fuzayldek biror kishini uchratmadim, u agar Allohni zikr qilsa yoki huzurida Alloh zikr qilinsa yo Qur’onni eshitsa unda xavf-u tashvishi bilinib, ko‘zi yoshlanar va huzuridagilar rahm-shavqat qilmagunlaricha yig‘lardi. Va u hamisha g‘amgin, chuqur o‘ychan edi. Ilmida, oldi-berdisida, berish-bermasligida, g‘azabi-muhabbati va barcha xislatlarida Allohni iroda qiluvchi Fuzayldek biron odamni ko‘rmadim”. - Toshkent islom instituti Magistratura talabasi Abdulbosit MELIBOYEV