islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Fatvo va qazo oʻrtasidagi farqlar

Fatvo  إفتاء – يفتي – أفتي fe’lidan olingan bo‘lib “savolga javob berish” degan ma’noni bildiradi, u shar’iy savol boʻlsin yoki boshqa farqi yoʻq[1].

Sharʼiy maʼnosi: Fatvo adillai arbaʼa (toʻrt dalil): Oyat, Hadis, Ijmoʼ, Qiyosga tayanib chiqarilgan hukm. Istilohda esa “shar’iy savolga javob berishlik” dir[2]. Bu ma’no Qur’onda ham kelgan:

وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ

Sendan ayollar haqida fatvo haqida soʻrarlar. Ayting  “Alloh ular haqida sizlarga fatvo beradur”[3].

Bugungi kungi istilohda esa “Diniy masalaga javob berish”dir.

Fatvo “hodisaga javob berishdur” Zamaxshariy “Kashshof”da keltirganlari kabi.

Shar’iy istilohda esa “soʻrovchining savoliga qozi tarafidan hukmni shar’iy hukmni bayon qilish” muayyan boʻladimi yoki noaniq, bir kishi yoki jamoat tarafidan bo‘ladimi farqi yoʻq.

Fatvo 3 xil ma’noda ishlatiladi.

  • Fatvo tashriiyya
  • Fatvo fiqhiyya
  • Fatvo juz’iyya

Fatvo tashriiya shori tarafidan bo’ladi. U Qur’oni karimda tilovat qilingan vahiy boʻladi yoki Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)ning sunnati nabaviyyada savolga javob berishlik koʻrinishida boʻladi.

Qur’onda u savol ko‘rinishida:

يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَنفَالِ قُلِ الْأَنفَالُ لِلَّهِ وَالرَّسُولِ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَصْلِحُوا ذَاتَ بَيْنِكُمْ وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Sendan o‘ljalar haqida so‘rarlar. Sen: “O‘ljalar Alloh va Rasulinikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va o‘z oralaringizni isloh etinglar. Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar”, – deb ayt[4].

Fatavoi fiqhiyya. Bundan murod fuqaholardan biri muboh qilgan narsadir. Biror bir hodisadagi savolga javob koʻrinishda emas. Bu furu’ masala chiqarilgan paytda yoki juz’iy masalada omma bilan muloqot qilmasdan ularning taqdiriy savollariga javob bo‘ladi. Bu holat fiqhni tadvin qilayotgan faqihning ishi bo’lib, u so’ralmagan juz’iy masalalarni tasavvur qiladi. Lekin uning hukmi shar’iy dalillardan chiqarilgan bo’ladi va uni kitob yoki risolada bayon qiladi. Misol: Bir kishi ayoliga (سرحتك) taloq qildim deb aytgan hukmi haqida bo’ladi holbuki bu savol voqe’ bo’lmasa ham.

Juz’iy fatvo. Bundan murod muayyan voqelikdagi savolga fiqhiy kulliyni fiqhiy juz’iy oʻringa tushurib javob berishdir[5].

Qazo esa  قضى يقضى قضاء  olingan bo‘lib hukm qilmoq degan ma’noni bildiradi.

Istilohda esa ,,Amir yoki qozi tomonidan chiqarilgan hukm’’ga aytiladi

Fatvo va qazo oʻrtasidagi farqlar.

  • Fatvo shar’iy hukmni joiz, mustahab, vojib, makruh yo xarom deb bayon qilishdir. Qazo esa unga hukm qilingan kishiga qozi tarafidan bo’lgan hukmi  hissiy lozim qilishdir.
  • Fatvo vojib, xarom, muboh, mustahab, makruh, sahih yoki botil tartibiga koʻra joriy boʻladi. Qazo majburiy va lozimiydir.
  • Fatvo fiqhiy hukmga cheklanmaydi, balki aqida va ibodatlarga taalluqli boʻladi. Qazo esa aqida va ibodatlarga taaluqli boʻlmaydir.
  • Fatvo shar’iy hukmdan habar berishdir. Qazo uni amalga oshirishdir.
  • Muftiyning fatvosi shariati ommadir bo‘lib, fatvo soʻrovchiga ham va undan boshqa kishiga ham taalluqli bo’ladi. Qozining hukmi esa juz’iy xosdir. Uni ustiga hukm qilingandan boshqasiga oʻtmaydi.
  • Qozi rahbar tarafdan hukmlarni joriy qilish va amalga oshirish uchun voliy qilinadi. Muftiy fatvo soʻralgan paytda shar’iy masalalarni biladi va rahbarni mansabga qoʻyishiga ham, hukmlarni joriy qilishga ham ehtiyoji boʻlmaydi.
  • Qazo faqat gapirishlik bilan bo’ladi. Fatvo yozishlik, ishora va fe’l bilan boʻlaveradi. Soqovning fatvosi durust bo‘ladi, qazosi emas.
  • Fosiq fatvo berishligi sahih boʻlmaydi. Chunki fatvo din ishidir va fosiqning soʻzi diyonat ishlarida qabul qilinmaydi, qazoni xilofi bilan.
  • Fatvo faqih bo’lgan har bir musulmondan durust boʻlaveradi, u erkakmi yo ayolmi, hurmi yo qulmi farqi yoʻq. Qazo faqatgina erkak, hur kishidan bo’lishi bo’ladi.
  • Fatvo nasxni qabul qiladi. Qazo esa qabul qilmaydi, balki buzishlikni qabul qiladi.
  • Qozi gohida muftiyga ehtiyoj sezadi va unga fuqoholar va muftiylar bilan maslahatlashish shart bo’ladi. Muftiy qoziga ehtiyoji boʻlmaydi.
  • Hukm unga chiqarilgan kishi uchun uni qabul qilishi va amal qilishi lozim boʻladi. Uni e’toqodi toʻgʻrimi yo xatomi farqi yoʻq. Fatvo uni xilofi boʻlib, fatvo soʻrovchi uni qabul qilishi va amal qilishi lozimiy bo’lmaydi madomiki uni gumoni shu toʻgʻri deb bilmagunicha.
  • Qazo zohiriy ko‘rinishga ko‘ra haqga yoki amalga hukm boʻladi. Ammo diyonat va fatvo haqiqat va voqealikka koʻro boʻladi. Gohida qazo diyonat va fatvoga xilof boʻladi.
  • Qozi nizoni koʻtaradi, agar unga olib borilsa. Muftiy esa fatvo soʻravchining savolisiz ham fatvo beradi agar hojat va umumiy balvo boʻlsa[6].

Toshkent islom instituti talabasi

Mamadaliyev Akbarjon

[1] Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq: Dorul-qalam. 2018. – B. 9.

[2] Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq: Dorul-qalam. 2018. – B. 9.

[3] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol ma’nolar tarjimasi. –Toshkent: Sharq nashriyoti. – Niso surasi. 127-oyat. 2008 – B. 98.

[4]  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol ma’nolar tarjimasi – Toshkent: Sharq nashriyoti. – Anfol surasi. 1-oyat  2008 – B. 177.

[5] Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq.: Dorul-qalam. 2018. – B. 11.

[6] Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq: Dorul-qalam. 2018. – B. 11.

429490cookie-checkFatvo va qazo oʻrtasidagi farqlar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: