Faqihlar sultoni, mufassirlar chirog’i, ahli sunna imomlarining imomi va mazhab ichidagi mujtahid, muhaddis, usuliy va lug’aviy ilmlarining bilimdoni va qiro’at ilmlarining olimi moturidiylik aqiydasi yoyilishiga katta hissa qo’shgan olim imom Nasafiy asl ismlari Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad ibni Mahmud an-Nasafiy hozirgi Qashqadaryo viloyatining Nasaf shahrida tug’ilganlar u kishi VII asrni avvalida tug’ilganlar va vafotlari hijriy 710-yilda bo’lgan. Ilmni zamonasining eng yaxshi olimlaridan bo’lgan ulardan Shamsul aimma Kurdiy va Badrirddin Abdulkarim Kurdiy (Xoharzoda laqabi bilan mashhur) va Hamididdin Zarir al Buxoriy va Ahmad ibn Muhammad ibn Umar al Itobiylar Abul Barakotni buyuk olim bo’lishiga hissa qo’shganlar. Shulardan Abul Vajd shams al-Aimma Muhammad Kadariy bo’lajak olimga tafsir fiqh va kalom ilmlarini puxta o’rgangan. Kardariy ham talabalik davrida ” al-hidoya” sohibi Burhoniddin Marg’inoniy va ”fatovoiy qozixon” sohibi Imom Faxriddin Qozixon kabi katta olimlarlardan ta’lim olgan. Ma’lumotlarga qaraganda fiqh ilmini dastlabki yoygan olim Abu Zayd Dabbusiy bo’lsa undan keyin jonlantirgan olim Shams al-aimma Kadariy bo’ladilar. Shu sababli Movarounnahrda yuzlab faqih ulamolar yetishib chiqdi. Bundan tashqari Nasafiy ”Hafiz ud-din” degan sharafli nomga erishgan va buning ostida o’sha mashhur ustozlarini xizmati turadi. ”Hafiz ad-din” degani dinni himoya qiluvchi degani bu nomga esa tarixda ikki kishi sazovor bo’lgan birisi Abul Barakot Nasafiy bo’lsa keyingisi Hofiz ad-din Abul fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr Kabir Buxoriydir ajablanarlisi bu ikki olim ham Kadariydan ta’lim olgan bularni barchasi hanafiy olimlar bo’lgan u kishini ustozlar zabardast ulamo bo’lgani kabi shogirdlari ham katta olim bo’lgan ulardan: imom Sig’noqiy va ibn Saotiy kabi katta ulamolar chiqqan
Imom Nasafiy bir qancha kitoblarni tasnif qilganlar ularning aksari o’z fanida “umda” ya’ni asos hisoblanadi
1-“madorikut-tanzil haqoiqut tavil” asari Qur`oni karim tafsiri
2- “kanzud- daqoiq” fiqhiy asar juda muxtasar shaklda yozilgan
3-“manor ul-anvor” usulu fiqh bo’yicha asosiy kitoblardan hisoblanadi. Al-U’mda fi usul al-fiqh;
4-“Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom”.
Alloma Laknaviy Abul Barakot Nasafiy 1310-yilda Bag‘dodga kelgani, mudarrislik qilgani va shu yerda vafot qilganlini aytib o‘tgan. 1310-yili rabiul-avval oyining juma kuni kechasi Bag‘dodda vafot etgan hamda Isfahon yaqinidagi Izaj shahrida (Xuziston va Isfahon oralig‘ida) dafn qilingan.
Toshkent islom instituti
402-guruh talabasi
Melikuziyev Muhammadjon