islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

G‘aznaviyning Ayoz ismli bir xizmatkori bo‘lib, G‘aznaviy uni o‘zining vazirlaridan-da ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Goho unga bosh vazirlarga buyurmagan maxfiy topshiriqlarini ham buyurib turardi. O‘z o‘rnida bu holat vazirlarga yoqmas, hatto ba’zan o‘zlariga yoqmasligini oshkor ham qilib qo‘yishar edi. Holat G‘aznaviyga namoyon bo‘lgach, u bir tadbir qo‘lladi. Barcha vazirlarini jamladi va xazinadagi eng qimmatbaho gavharni olib chiqishlarini buyurdi. So‘ngra gavharni bosh vazirga tutqazib, so‘radi.

–  Bu nima?

–  Qimmatbaho gavhar sultonim.

–  Qiymati qancha turadi?

–  Saltanatni yarmiga teng.

–  Sindir uni.

–  Podshohim bunga qo‘lim bormaydi.

Sulton G‘aznaviy gavharni keyingi vazirga berishni buyurdi va undan ham so‘radi:

– Bu nima?

– Qimmatbaho gavhar.

– Qiymati qancha buni?

– Butun saltanatni yarimiga teng.

Podshoh  vazirga  uni parchalashni buyurdi. Ammo bu vazir ham “Podshohim qo‘limdan kelmaydi” deya javob berdi. Shu tariqa barcha a’yonlarda so‘rab va nihoyat Ayozga navbat kelgandi. Sulton Ayozdan so‘radi :

–  Ayoz bu nima?

–  Gavhar Sultonim.

–  Qiymati haqida nima deysan?

–  Vazirlar, a’yonlar aytganidek saltanatning yarmiga teng.

–  Sindir uni.

Ayoz darhol ikkilanmay uni yerga urdi. Gavhar chil-chil bo‘ldi. Barcha a’yon-u vazirlar hang-u mang bo‘lib qolishdi. “Nima bu qilgan ishi? Ahmoq ekan ku bu” dedilar.

Shunda Sulton G‘aznaviy Ayozga qarab, dedi:

– Ayoz nega bunday qilding?

– Sultonim bu gavharning qiymati ne chog‘lik qimmatli bo‘lmasin sizni amringiz men uchun undan-da oliyroq va buyukroqdir, deb javob berdi.

Shunda G‘aznaviy a’yonlariga qarab, aytdi:

–  Endi bildilaringmi men nima uchun Ayozni bunchalar yaxshi ko‘rishimni?!

Butun a’yonlar jim qolishgan va o‘z xatolari nima ekanini tushunib yetishgan edi.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Fazliddinov Saidburhon

417600cookie-checkAyoz

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: