Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh muhaddis faqih bo‘lgan va o‘z davrida Nasaf shahrida qozi bo‘lgan. Bu zot Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy rohimahullohlar kabi buyuk olimlar bilan zamondosh bo‘lgan. Bu zot Xuroson, Iroq, Shom, Misr va boshqa ko‘plab shaharlarga ilm talab qilib safar qilgan. Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh Imom Buxoriy, Qutayba ibn Said, Hishom ibn Ammor va boshqa buyuk muhaddis rohimahullohlardan hadis eshitgan. Bu zotdan Abdulmumin ibn Xolaf, Muhammad ibn Zakariyo va o‘z o‘g‘illari Said ibn Ibrohim rohimahullohlar hadis rivoyat qilgan. Ibrohim ibn Maqil rohimahullohni kõp olimlar “Hofiz” va “Siqa” deyishgan. Ibrohim ibn Maqil rohimahulloh ko‘p kitoblar ta’lif qilgan, xossatan “Musnad” va “Tafsir” ilmlariga doir kitoblar yozgan. Imom Buxoriy rohimahullohning “Sahihul Buxoriy” kitoblari to’rt kishidan rivoyat qilingan shularning biri Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahullohdir.
Toshkent islom instituti talabasi Ne’matxanov Alixon