islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni-quvonchga toʻla katta bayram

“Farzand-dunyo guli, uning parvarishi-ota-onaning ibodati” (Fors xalq hikmati)

“1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

“1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” hisoblanadi. Bu sananing kelib chiqish tarixi 1925-yildan boshlanadi. Zikr qilingan yilda turli davlatlar ishtirokida Yevropa qit’asidagi Shvetsiyaning Jeneva shahrida ilk marotaba bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi. Anjumanda ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib olishdi. Ammo alohida sana taklif qilinmagan edi, hamma mamlakatga o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilingan edi. Bu sana 1925-yilda  Butunjahon anjumanida ta’sis etilgan bo’lsa ham, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan boshlab 1-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiy homiyligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

1959-yil 20-noyabrda BMT tomonidan Bolalar huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda ota-onalar, davlat organlari, mahalliy hokimiyat va hukumatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari bolalarning ularda belgilangan huquq va erkinliklarini tan olishga va ularni xurmat qilishga intilishga oid moddalar mavjud. Deklaratsiya faqat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, majburiy kuchga emas edi.

Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan belgilangan 20-noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi.

Yana bir tarixiy ma’lumotga ko’ra, “Bolalar kuni” birinchi marotaba Turkiya Respublikasi tomonidan 1920-yil 23-aprelda rasmiy ravishda milliy bayram deb e’lon qilingan.

Bolalar hayotimiz quvonchi hisoblanadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Shuning uchun ham bolalarni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Ushbu muqaddas burchni hech qachon unutmasligimiz zarur!  1-iyun-Xalqaro bolalar himoya qilish kuni dunyoning 50 ga yaqin davlatda nishonlansa ham, boshqa koʻplab davlatlarda har yili 20-noyabr kuni “Xalqaro bolalar kuni” sifatida nishonlanadi.

Xalqaro UNICEF tashkiloti ham jahonning ming yillik dasturlarini ishlab chiqishda bolalarning ehtiyojlariga mos keladigan sakkizta maqsadni ming yillik dasturlarga kiritgan.

Umumjahon bolalar kuni bu nafaqat bolalar bayrami, balki butun dunyo bo’ylab zo’ravonlikka qarshi, yosh bolalarni himoya qilishga chorlaydi.

1989-yil 20-noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sessisyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” qabul qilingan. Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasida Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli qarori bilan ratifikatsiya qilingan. Oʻzbekistonda bolalar huquqlari, avvalambor bosh Qomusimizda berilgan. Shuningdek, 2007-yilda qabul qilingan “Bolalar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” gi qonun, 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori bilan himoyalangan. 2024-yil 23-fevralda Oʻzbekiston Respublikasida Oliy Majlisining bola Huquqlari boyicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.

“Bolalarni himoya qilsish kuni” bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-tekis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishiga qaratishdir. Shuningdek bayramni nishonlashning asosiy maqsadi ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va ahloqan pok bolib voyaga yetkazishdir.

2024-yil 14-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi OʻRQ-996-sonli Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Sevimli diyorimiz Oʻzbekistonda farzandlarimiz mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Ushbu kun yani Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz, sog‘lom va barkamol rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash muhimligini eslatadi. Farovon bolalikning asosiy omillaridan biri qulay muhitdir. Toza havo, zilol suv, yashil maydonlar va barqaror iqlim har bir bolaning sog‘lom va munosib hayot kechirish huquqining ajralmas qismidir. Bugun yosh avlodda ekologik madaniyatni o‘rgatish, yashil va barqaror kelajakni shakllantirishda kattalarning faol ishtirokiga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir bola tabiat muhofaza qilinadigan dunyoda voyaga yetsin, unga g‘amxo‘rlik qilish kundalik hayotimizning bir qismiga aylansin.

Alloh taolo farzandlarimizni biz ota-onalarga ne’mat qilib bergan shuningdek ularni bizga omonat qilib berilganligini bizning doimo yodimizda bo‘lishi shart.

Farzandlarimiz ilmli bo‘lishi shart. Ilm-xazinadir. “Dunyoda ilmdan o‘zga najot yoq va bo‘lmagay”,- deb hadis ilmining sultoni bo‘lgan bobomiz Imom Buxoriy hazratlari va  shuningdek hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz ham:“Bolalikda olingan ta’lim-toshga o‘yilgan naqshdir” deb bejiz aytmaganlar. Biz ota-onalar farzandlarimizga eng yahshi tarbiyani berishimiz shart. Bu ishda biz ota-onalar ibrat bo‘lishimiz kerak. Farzandlarimiz ahloqli, odobli va albatta ilmli bo‘lishi shart. Shuningdek farzandlarimiz bolalikdan hayotimiz uchun juda manfa”atli bo‘lgan hunarlarni egallashi zarur. Dono va mehnatkash xalqimiz: “Sog‘tanda sog‘lom aql” degan hikmatli so‘zlarni qadimdan aytib kelishadi.  Va albatta bolalikdan farzandlarimiz jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi zarur. Yuqoridagi barcha ishlar uchun biz ota-onalar farzandlarimizga sharoitlarni qilib berishimiz zarur deb o‘ylaymiz. Bugun farzandlari uchun qilingan sarmoya, kelgusida katta natijalarni beradi, deb umid qilamiz! Biz bunga ishonamiz!

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” hisoblanadi. Bu sananing kelib chiqish tarixi 1925-yildan boshlanadi. Zikr qilingan yilda turli davlatlar ishtirokida Yevropa qit’asidagi  Jeneva shahrida ilk marotaba bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi. Bu sana 1925-yil Butunjahon anjumanida ta’sis etilgan bo’lsa ham, oradan 25 yil o’tib, 1950-yildan boshlab 1-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiy homiyligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Ushbu kun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz, sog‘lom va barkamol rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash muhimligini eslatadi. Farovon bolalikning asosiy omillaridan biri qulay muhitdir. Alloh taolo farzandlarimizni biz ota-onalarga ne’mat qilib bergan shuningdek ularni bizga omonat qilib berilganligini  doimo bizning yodimizda bo‘lishi shart. 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni-quvonchga toʻla katta bayramdir. Jahondagi o’zining kulgusi orqali insoniyatga katta quvonch ulashayotgan barcha kichkintoylarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sevimli diyorimiz Oʻzbekistonda farzandlarimiz mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Unutmang, farzandlarimiz borligi uchun ham hayotimizni yanada goʻzal va bardavomdir. Alloh taologa hamdu sanolar bolsin!

Shuningdek bayramni nishonlashning asosiy maqsad ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va ahloqan pok bolib voyaga yetkazishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari

 1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi OʻRQ-996-sonli Qonuni. Toshkent sh., 2024-yil 14-noyabr

2.http://gov. uz

3.http:// yoshlarkelajagimiz.uz

4.http://yuz.uz

5. http://marifat.uz

6. http://rishton.uz

7. http://lex.uz

“Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Faxriddin Yernazarov tomonidan tayorlandi

464050cookie-checkXalqaro bolalarni himoya qilish kuni-quvonchga toʻla katta bayram

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: