O‘zbekiston tarixiy obidalar yurti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarix chig‘iriqlaridan o‘tgan bu osori atiqalar millat o‘tmishidan so‘zlaydi. Ular o‘z bag‘riga olgan har bir naqsh, har bir g‘isht, har bir yog‘och sizni o‘z davriga yetaklaydi. Tarixiy obidalar O‘zbekistondagi istalgan hududda topiladi. Ularning har birida o‘ziga xos sir, o‘ziga xos tarix yashirin. Quyida so‘zlamoqchi bo‘lganimiz tarixiy obidalardan biri Shahrisabz shahrida joylashgan. Ming afsus bilan aytish kerakki, u haqida juda ko‘p ma’lumot mavjud emas. Bu “Malik Ashtar” masjididir…- TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Badiyev





