XX asr boshlarida Markaziy Osiyo — ayniqsa, Turkiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi. Shu murakkab davrda millatni uyg‘otish, ongini yangilash va uni ilm-ma’rifatga chorlashdek og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan jadid ziyolilari sahnaga chiqdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shu tarixiy shaxslar orasida yetakchi arbob bo‘lib, o‘zining diniy, siyosiy va pedagogik qarashlari bilan ma’rifatparvarlik tarixiga chuqur iz qoldirdi. Uning yozgan asarlari ichida “Muxtasar tarixi islom” nomli risolasi muhim diniy-ma’naviy manba sifatida ajralib turadi. – Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV





