islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 16, 2025

Day

MOVAROUNNAHRDA TAFSIR ILMINING RIVOJI (VIII-IX asrlar)

Butun Islom olamiga maʼlum va mashhurkim, bu oʻlka barcha ilmlarda, jumladan, Islom ilmlarida ham jahonga dong taratgan buyuk allomalarni yetishtirgan. Mazkur ilmlar ichida hadis, tav­hid, navh, fiqh va boshqa koʻpgina ilmlar bor. Biz esa hozir faqat Movarounnahrdagi tafsir va mufassirlar haqida soʻz yuritmoqchimiz. Movarounnahrda tafsir ilmi oʻziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega. Bu davrda tafsir ilmi hadis va fiqh ilmlari kabi taraqqiy etmagan edi. Garchi ushbu davrga oid tafsir ilmi boʻyicha kam maʼlumot yetib kelgan boʻlsa-da, tafsir ilmining boshqa islom oʻlkalaridagi taraqqiyot bosqichlarini tadqiq etgan holda yurtimiz olimlari tomonidan yaratilgan hozirgi kunimizgacha yetib kelgan asarlar orqali tasavvur hosil qilish mumkin. Bu davrda raʼy bilan tafsir qilish mufassirning fikri Qurʼon, sunnatga, sahobiylarning soʻzlariga xilof boʻlmagan holda amalga oshirilgan. Qurʼon va sunnat, sahobiylar soʻzlari boʻlmish moʻtabar manbalarga xilof ravishda raʼy (ijtihod, fikr) bilan sharhlashga barcha davr olimlari qarshi boʻlganlar. Chunki bunda maʼlum bir guruhlar, oqimlar Qurʼon oyatlarining sharhini oʻz gʻoyalariga moslashtirishga harakat qilishlari mumkin. Movarounnahr tafsir ilmi tarixi hadis ilmining kirib kelishi bilan bogʻliq. Chunki Muhammad sollohu alayhi va sallam va sahobiylarning Qurʼonga sharhlari hadislar tarkibida jamlangan. Ilgari zikr etganimizdek, Umar ibn Xattob buyrugʻiga koʻra arablar Marvgacha yetib kelib, shu yerda 70 yil qolib ketishadi va oʻzlari oʻrgangan ilmlardan hadislarni mahalliy xalqqa oʻrgatadilar. Soʻng Marvda rivoyat qilingan hadislar Samarqand, Buxoro kabi shaharlarga kirib keladi. Movarounnahrda Samarqand hadis ilmi markazi, Buxoro esa fiqh ilmi markaziga aylanadi.  TII 405-guruh talabasi Xamidullayev No’monxon 154

Hadis tanqidida hanafiy manhajining zamonaviy talqini (Muhammad Xalifaning ilmiy yondashuvi misolida)

Bugungi kunda hadis ilmi sohasida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar, ayniqsa, hadisni tanqidiy mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga chiqarmoqda. Islom tafakkurining doimiy harakatchanligi, ijtimoiy voqeliklarning murakkablashuvi, musulmon jamiyatlarida fikriy uyg‘onish jarayonlari hadis ilmini ham o‘zgacha nazar bilan ko‘rishga majbur qilmoqda. Ayniqsa, hadis va fiqh o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlashda, hanafiy manhajning roli muhim bo‘lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan olganda, Muhammad Xalifaning “Manhajul Ḥanafiyya fīi Naqd al-Ḥadis baynan nazariyya vat-tatbiq” asari hadis tanqidida noyob metodologik yondashuvni ilgari suradi. Ushbu maqola mazkur asarning asosiy tamoyillari, yondashuvlari va boshqa zamonaviy tadqiqotlar bilan solishtirilgan farqli jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Muhammad Xalifaning tanqidiy yondashuvi: asosiy nuqtalar Xalifaning yondashuvida hadis tanqidi ikki darajada olib boriladi: nazariy va amaliy. Nazariy jihatdan u hanafiylar qo‘llagan hadis qabul qilish mezonlarini ilmiy jihatdan qayta tahlil qiladi. Bu yerda isnodga to‘liq tayanmasdan, matn mazmuni, kontekst, urf, maqosid, shariat ruhiga muvofiqlik kabi omillar asosiy mezon sifatida ko‘riladi. Xususan, muallif hanafiylar tomonidan ba’zi sahih hadislarning rad qilinishiga asos bo‘lgan metodik sabablarga chuqur e’tibor qaratadi. Bu hadisning muomalaviy yoki ibodiy amaliyotga zid bo‘lishi, Qur’on ruhi bilan mos tushmasligi, yoki fiqhiy qoidalarni buzishi bilan izohlanadi. Muhammad Xalifa bu yondashuvni nafaqat himoya qiladi, balki uni zamonaviy islomiy fikrda qo‘llash zaruratini asoslab beradi. Zamonaviy Asarlar bilan qiyosiy tahlil – Muhammad Xalifaning asari hadis tanqidiga bag‘ishlangan boshqa zamonaviy olimlar, jumladan, Yusuf al-Qarzoviy, Muhammad G‘azzoliy, Amin Xuli va Mustafa Siba‘iylarning ishlaridan ko‘plab farqlar bilan ajralib turadi. Masalan, Yusuf Qarazoviy o‘zining “Kayfa na‘amalu ma as-sunna” asarida hadis bilan ishlashning umumiy qoidalarini belgilasa-da, u hanafiy usulning ichki tafsilotlariga kirmaydi. Muhammad Xalifa esa hadisni qabul qilish mezonlarini faqat nazariy emas, balki amaliy misollar orqali chuqur tahlil qiladi. Bu esa hanafiy manhajning tarixiy va hozirgi dolzarbligini ochib beradi. Amin al Xuli va unga ergashgan zamonaviy mustashriqona yo‘nalishdagi olimlar hadisga tanqidiy yondashishda ba’zida keskin va inkoriy pozitsiyani tutgan bo‘lsalar, Xalifaning metodologiyasi ehtiyotkor, an’anaviy poydevorga tayanadi. Uning yondashuvi — hadisni rad etmay, balki o‘z kontekstida anglash va fiqhiy mezonlar orqali tahlil qilishga qaratilgan. Ilmiy va amaliy ahamiyati – Muhammad Xalifaning yondashuvi nafaqat hadis ilmi, balki fiqh, usul al-fiqh, tafsir va zamonaviy islom tafakkuri uchun ham muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, musulmon jamiyatlarida yangicha huquqiy fikr, ijtimoiy qarorlar va diniy murosalar ishlab chiqishda Xalifaning metodologiyasi muhim nazariy vosita hisoblanadi. Asarning dolzarbligi shundaki, u hadisni matn, ma’no va maqsad asosida tahlil qilishni targ‘ib qiladi. Bu yondashuv an’anani buzmasdan, islоh qilishga, ijtihod ruhini tiklashga, zamon bilan hamohang fikr yuritishga yo‘l ochadi. Muhammad Xalifaning “Manhajul Hanafiyya fi Naqd al-Hadis” asari hadis tanqidini faqat isnod va rivoyat doirasidagina emas, balki fiqhiy, ma’naviy va ijtimoiy mezonlar asosida tahlil qilish zaruriyatini ilmiy asoslaydi. U hanafiy manhajning chuqur va murakkab jihatlarini ochib, uni zamonaviy metodologiya bilan uyg‘unlashtirishga erishgan. Asar bugungi islom tafakkurida hadisga bo‘lgan munosabatni muvozanatli, ilmiy va mas’uliyatli tarzda shakllantirishda katta o‘rin tutadi. TII talabasi Malikov Marufjon 168

CHOR BAKR MEʼMORIY MAJMUASI

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi – Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (XVI—XIX-asrlar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx yaʼni Chor Bakr nomi bilan bogʻliq. Majmua Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Abu Bakr Axmad ibn Xoja Saʼd Yamaniy (9-asr oxiri – 971) – Buxoroda tugʻilgan. Uning otasi Xoja Saʼd Yamaniy imom Husaynning Zaynulobidin ismli oʻgʻlining farzandi boʻlib, u Buxoroga Ali ibn al-Husayn bilan birgalikda kelib ketgan (9-asrning soʻnggi choragi). Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Joʻyi Moʻliyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Saʼd Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogʻida chorbogʻ, bogʻ, sardoba, tegirmon, hovuz va boshqa binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Saʼd va uning avlodlari somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Saʼd otasi vafot etgach, uning oʻrniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fiqh maktabini tashkil etib, koʻplab ulamolarga ustozlik qilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Jaʼfar al-Buxoriy (9-asrning 2-yarmi — 937) — Imom Jaʼfar as-Sodiq avlodidan. Somoniylar davrida Buxoroga kelib qolgan. Uning “Musnadi Fazl” kitobi ayniqsa mashhur boʻlib, bu asar Chingizxon Buxoroni bosib olganda yondirib yuborilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Hamid (9-asrning 2-yarmi — 937) — Unga “shayx ul olam” unvoni berilgan. U Abu Bakr Fazl bilan bir yilda vafot etgan va ikkalasining qabrlari xam bir joyda yonmayon joylashgan. Imom Abu Bakr Tarxon (9-asrning 2-yarmi — 945) — “Kitobi Mullazoda” asarida yozilishicha, u “Jomeʼ va musnad” kitobini yozgan. Sumitan qishlogʻi Xoja Abu Bakr Saʼd mozori oldiga Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II tomonidan 1559-yilda xonaqoh, masjid, madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan, keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Mazkur meʼmoriy majmua uchun Abdullaxon II 70 ming tilla sarflagan. Majmuadagi xonaqoh boʻlib, uch tomonida eshik mavjud. Bino peshtoqi uch qavatli, ikki hujradan iborat boʻlib, gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Xonaqoh qibla tomonida mehrob mavjud. Xonaqoh gumbazi Arki duzi uslubida qilingan. Xonaqohning peshtoqida „Baqara“ surasining 61-62-oyatlari keltirilgan. Peshtoqining 20 metr, poydevori esa 12 metrdan tashkil topgan. Chor Bakr meʼmoriy majmuasidagi madrasa oliy toifadagi madrasalardan biri hisoblangan. 1950, 1971, 1999-yillarda madrasada taʼmirlash ishlari olib borilgan. Majmuadagi masjid hashamatli boʻlib, peshtoq qismida hujralari mavjud. Masjid peshtoqida „Al-isro“ surasi keltirilgan. Masjid eshiklari esa Buxoroning qayragʻoch daraxti yogʻochidan ishlangan. Majmuadagi minora 1890-yilda Mirzo Hoji Joʻyboriy tomonidan tiklangan boʻlib, oldingi minora poydevori ustiga qurilgan. Majmuadagi qadamjoning maydoni 40 gektar boʻlib, qabriston qismi 12 gektar maydonnga ega. Chor Bakr meʼmoriy majmuasida Saʼdulla Xoji xarizarisi ham boʻlib, xonaqoh janubida joylashgan. Xazira yon tomonlarida 3 tadan hujralar mavjud. Xazira ichkarisida sogʻona va qabrlar mavjud. Bundan tashqari majmuada Akobir Xoja xazirasi, Nasriddin Xoja xazirasi, Abduaziz Xoja xazirasi, Atoullo Xoja xazirasi, Zaynab Sulton xonim xazirasi, Obid Xoja xazirasi, Poshshooyim xazirasi, Sa’dulla Xoja xazirasi va boshqa xaziralar ham mavjud. Majmuadagi xonaqoh gumbazli xona va peshtoqdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, ikki yon qanotida guldastalar bor. Ichki bezagida ganchkorlik va qirma namunalari uchraydi. Madrasa peshtogʻi kengroq, dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Kitobasi arabiy yozuvdan iborat. Darsxona toʻrtburchak tarxli, gumbazli, burchaklari hujralarga tutashgan boʻlib, yon tarzlari qoʻshqavat ravoqlar qatorini takrorlaydi. Yozlik masjid maydon sahnining toʻrida madrasa va xonaqoh orasida joylashgan. Peshtogʻining 2 qanoti qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Peshtoq oldidagi supa sahnidan namozgoh sifatida foydalanilgan. Moʻjaz minora meʼmoriy majmua markazida joylashgan. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Badiyev Foydalanilgan adabiyotlar Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Gafurova L.G., Kitobi Mullazade, T., 1992; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001; Yoʻldoshev N., Qurbonov H., Buxoro shahri va uning atrofidagi ziyoratgohlar tarixi, Buxoro, 2001. Rajabov Q, Inoyatov S. Buxoro tarixi. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. Husenov S, Rajabova I. Chor Bakr. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2001 —...

Мовароуннаҳрда Қуръон қироати ва тажвид илми: шотибийхоналар анъанаси ва мероси

Ислом таълимоти тарихида Қуръон қироати ва тажвид фанлари алоҳида аҳамият касб этган. Ҳидоят каломи — Қуръони Каримнинг тўғри тиловат этилиши, унинг маъноларини тўғри англаш ва авлодлар орасида асл ҳолда сақлашда қироат ва тажвид илмлари муҳим ўрин тутади. - Тошкент ислом институти талабаси Нозимахон НАЖМИДДИНОВА