islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Sentabr 20, 2025

Day

Suyukli Nabiyga muhabbat

Dunyodagi hali hech bir insonga Rasululloh solallohu alayhi vasallamdek yaxshi ko‘rilib, U zotdek ko‘p maqtov bilan yod etilish baxti nasib etmagan. O‘zini mo‘min hisoblagan har bir musulmonning qalbida payg‘ambar ishqining da`vosi bor. Chunki odam zoti shunday yaratilgan-ki, u boshqalarning tabiati, kamoli va jamolidan ta`sirlanib, ularga muhabbat qo‘yadi. Alloh taolo suyukli nabiyi sollollohu alayhi va sallamga eng oliy kamolotlarni ato qilgan. Shuning uchun har bir mo‘min u zotni soxtaliklarsiz, chin dildan yaxshi ko‘radi. Ba’zan muhabbat insonga ozor berib, ko‘ngilsiz holatga solib qo‘yishi yoki dunyo-yu oxiratda foyda bermasligi mumkin. Lekin mahbub payg‘ambarimizga ishqimiz qanchalik ziyoda bo‘lsa, qalbimiz shyncha munavvar bo‘ladi. Hatto bu yaxshi ko‘rishimiz va u zotga ergashishimiz Allohning muhabbatiga sabab bo‘ladi. Bu haqida Qur`oni karimda bunday marhamat qilinadi: قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ ٱللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ Sen «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir», deb ayt. (Oli Imron surasi, 31-oyat) Shunday ekan, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan har qanday go‘zal rishtalarni bog‘lab, qalbimizni hissiy va maʼnaviy, aqliy tomondan esa muborak siyratlarini o‘rganish va hadislarini yod olish, shu bilan birgalikda sunnatlariga ergashishimiz muhabbatimiz tasdig‘i bo‘ladi. Payg‘ambarimizni yaxshi ko‘rishning hukmi nima deyilsa, ulamolar quyida keladigan hadisga ko‘ra vojib, zaruriy ish deydilar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz men unga ota-onasidan, bolasidan va odamlarning hammasidan mahbubroq bo‘lmagunimcha, mo‘min bo‘la olmaydi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). Ushbu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “mo‘min bo‘la olmaydi” deganlaridan murod, komil imonli mo‘min bo‘la olmaydi, deganlaridir. Shu bilan birgalikda bu hadis musulmon kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qo‘yish vojib ekanligiga dalolat qiladi. Shundagina, haqiqiy imon egasi, najot topuvchi kishiga aylanadi. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa hadisda esa: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Ey, Allohning rasuli! Qiyomat qachon bo‘ladi?”, deb savol qildi. “Sen qiyomatga nimani hozirlab qo‘yding?”, dedilar Payg‘ambar alayhissalom. Savol bergan kishi: “Men Alloh va uning Rasulini muhabbatidan boshqa arzigulik hech narsa tayyorlamadim”, deb javob qildi. Shunda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, sen o‘zing yaxshi ko‘rganlar bilan birgasan, har kim o‘zi yaxshi ko‘rganlar bilan birga bo‘ladi”, deb marhamat qildilar. Anas roziyallohu anhu: “Biz islom kelgandan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlarini eshitganchalik xursand bo‘lmaganmiz”, dedi. Rasulullohni yaxshi ko‘rish bandani jannatga olib kirmasdan qo‘ymaydi. Alloh taolo Ahzob surasi 6-oyatda bunday degan: النَّبِيُّ أَوْلَى بِالْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنْفُسِهِمْ .. “Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqliroqdir’’. Imom Bag‘oviy bu oyatning tafsirida “Payg‘ambar hukmi ular (mo‘minlar) ustida o‘tuvchi va unga bo‘ysunish ular uchun vojibdir” deydi. Boshqalar esa bu oyat haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatlari boshqa barcha narsalarga qo‘ygan muhabbatdan ko‘ra ustunroq bo‘lmaguncha imonlari komil bo‘lmagay, deganidir deydilar. Rasulullohni yaqindan tanigan kishi bor-ki U zotni yaxshi ko‘rib qoladi, tarixning o‘zi guvoh bunday kishilar son-sanoqsiz bo‘lishgan. Shulardan, Muhammad ibn Sirin rohimahulloh insonlar bilan gaplashib, kulishib o‘tirardilar, agar suhbatlariga ko‘ra hadis kelib qolsa, xushuʼli bo‘lib qolardilar. Saʼid ibn Musayyab rohimahulloh betob bo‘lib, yonboshlab yotgan edilar. U kishidan bir hadis haqida so‘ralgandi darhol o‘tirib oldilar. Shunda: “O‘zingiz bemorsiz. Joningizni qiynamasangiz ham bo‘lardi-ku”, – deyishdi. U...

Ўзбекистон делегациясининг Иорданияга ташрифи

Юртимиз диний-маърифий соҳа вакилларидан иборат делегация Иордания Ҳошимийлар Подшоҳлигига амалий ташриф билан борди. Делегация таркибида Дин ишлари бўйича қўмита раиси ўринбосари Давронбек Махсудов, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари Муҳаммадолим Муҳаммадсиддиқов ҳамда Ўзбекистон халқаро исломшунослик академияси проректори Зокиржон Рўзиев иштирок этмоқда. Ташриф доирасида Иордания Вақф, ислом ишлари ва муқаддас қадамжолар вазирлиги, шунингдек, Имомлар тайёрлаш ва малакасини ошириш маркази раҳбарлари билан учрашув ўтказилди. Суҳбатларда мутахассислар тайёрлаш, уларнинг малакасини ошириш, экстремизм ва радикализмнинг олдини олиш масалалари муҳокама қилинди. Шунингдек, олий таълим муассасалари талабалари учун стипендия ва тураржой ажратиш бўйича келишувларга эришилди. Делегация аъзолари Иордания халқаро ислом фанлари университети ректори Жафар ал-Фанатсех билан ҳам учрашиб, икки мамлакат олий таълим муассасалари ўртасида ҳамкорлик йўналишлари, магистратура мутахассисликлари, қўшма илмий тадқиқотлар, профессор-ўқитувчиларнинг стажировкалари ва англашув меморандумлари имзолаш масалаларини муҳокама қилдилар. Шунингдек, делегация аъзолари Иорданияда таҳсил олаётган ўзбекистонлик талабалар билан учрашиб, “Ўзбекистонда виждон эркинлигини таъминлаш” ва “Ўзбекистон – бағрикенг диёр” мавзуларида маърузалар ўтказдилар. Учрашувда талабаларга қонунларга риоя қилиш, юртимиз илм-фани ва туризм салоҳиятини тарғиб қилиш тавсия этилди. Ташриф доирасида Иордания халқаро ислом фанлари университети Шариат ва қонун факультети профессорлари билан ҳам учрашув бўлиб ўтди. Мулоқотда икки томонлама илмий ҳамкорлик, тажриба алмашиш ва халқаро майдонда ҳамкорликни кенгайтиришга оид масалалар муҳокама қилинди. Ўзбекистон делегациясининг Иорданияга ташрифи самарали ва мазмунли кечмоқда. 201