islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

ISLOM SHARIATIDA MOLIYAVIY HUQUQLAR VA ULARNING TURLARI

Islom shariati musulmonlarni ibodat va muomalot masalalarini muhokama qilibgina qolmay, ularning haq-huquqlarini ham qat’iy muhofaza qiladi. - Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon JURABOYEV

БИДЪАТ ВА ХУРОФОТ

Шариат жорий қилган амаллар билан бидъат ва хурофотни айириб олиш аслида унча мушкул вазифа эмас. Даставвал, «бидъат», «хурофот» сўзларининг луғавий маъноси хусусида: «Бидъат» — сўзи айнан таржима қилинса «янгидан ўйлаб чиқилган одат» деган маънони беради. «Хурофот» эса «асоссиз» деган маънодадир. Яъни, динда асоси йўқ, беҳуда ишлар, одатлардир. - Тошкент ислом институти талабаси Имрон ХОЛМИРЗАЕВ

“Alisher Navoiy va milliy til rivoji” – fan oyligi doirasida professor Nurboy Jabborov ishtirokida davra suhbati

Aprel oyining O‘zbek tili va xorijiy tillar fan oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan, tilshunoslik, adabiyot va madaniyat masalalariga e’tibor yanada kuchaymoqda. Ushbu oylik doirasida milliy adabiyotimiz va tilimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlarni eslash, ularning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish ayni muddaodir. Shu munosabat bilan, institutimizda taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ishtirokida “Alisher Navoiy va milliy til rivoji” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va takomiliga qo‘shgan beqiyos hissasi, uning ilmiy-nazariy qarashlari, til siyosatidagi pozitsiyasi hamda hozirgi zamon tilshunosligi bilan bog‘liqlik jihatlari muhokama qilindi. Alisher Navoiy va til siyosati Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir va mutafakkir, balki o‘zbek tilining asoschilaridan biridir. U “turkiy tilda ham baland adabiyot yaratish mumkin” degan g‘oyani hayoti va ijodi bilan isbotlagan. Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida forsiy va turkiy tillarni taqqoslash orqali turkiy tilning imkoniyatlarini, so‘z boyligini, ifoda nozikliklarini ochib berganligi — o‘zbek tili tarixida tub burilish yasagan. Adabiy til me’yorlarini belgilagan shaxs Navoiy turkiy tilda ijod qilgan holda uni adabiy til darajasiga ko‘tardi, tilning fonetik, leksik va grammatik imkoniyatlarini yuksak badiiy saviyada namoyon etdi. Aynan Navoiy tilida fonetik silliqlik, leksik boylik, uslubiy rang-baranglik va qonuniy grammatik tuzilish uyg‘unlashgan. Bu esa undan keyingi avlodlar uchun tayyor me’yoriy asos bo‘lib xizmat qildi.   Navoiy tiliga tayanuvchi yangi avlod Bugungi o‘zbek tili o‘z ildizlarini aynan Navoiy tilidan olgan. U yaratgan adabiy til, uning badiiy-estetik mezonlari, so‘z tanlashdagi didi va nazokatini o‘rganish — hozirgi tilshunoslik, tarjima, madaniyatshunoslik fanlari uchun ham dolzarbdir. Davra suhbatida professor Nurboy Jabborov tomonidan Alisher Navoiyning til me’yorlari, u qo‘llagan sintaktik modellar, so‘z birikmalari va badiiy ifoda vositalari haqida chuqur ilmiy mulohazalar bildirdi. TII Matbuot xizmati 359

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tinglovchilariga “Dunyoviy-ma’rifiy davlat” tushunchasi mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘quv seminarida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov, “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i A.Rashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Parpiyev, bo‘lim xodimlari, o‘quv kursi o‘qituvchi va tinglovchilari ishtirok etdi. “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov so‘zga chiqib, tadbirni boshlab berdi. Ma’ruzada Qur’oni karim fazilati, uni o‘rganuvchining odob-axloqi, tarbiyasi haqida gapirdi. Shuningdek, Qur’oni karimni ta’lim olish bilan birga uning odobini ham o‘rganish zarurligi, o‘zining odobi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak ekanini ta’kidladi. Qur’oni karim yodlashning oson va yengil usullarini o‘rgatdi. So‘ng “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov tadbirni davom ettirib, seminarning asosiy mavzusida maruza qildi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va Yangi O‘zbekistonning muhim strategik yo‘nalishlari asosida mazkur tamoyil o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi. Bu holat hatto 2021 yilda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiri-tishga ham sabab bo‘ldi. Natijada diniy sohani liberallash-tirishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilganining guvohimiz. O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2356 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ularning 2159 tasi islomiy diniy tashkilotlar, 179 tasi xristian diniy tashkilotlar, 8 tasi yahudiy va 6 tasi Bahoiylik jamoalari hamda krishna va buddaviylik diniy tashkilotlari hisoblanadi. Professional diniy ta’limga ham katta e’tibor qaratildi. Islom ta’limotlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 10 ta o‘rta maxsus va 3 ta oliy diniy ta’lim muassasalari, xristianlik ta’limotlari bo‘yicha Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent protestantlik seminariyalari faoliyat yuritmoqda. Davlat va dinning uyg‘un munosabatlari jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirishga xizmat qilyapti. Jumladan, mazkur ikki unsur bugungi kun avlodlarining barkamolligi, ma’naviy yetukligi va yuksak axloqiy qadriyatlar bilan tarbiya-lanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shmoqda. Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga hukukiy jihatdan aniqlik kiritilgan. Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston hududida buzg‘unchi g‘oyalarning tarqali-shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ‘ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertiza-sining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo‘yildi. “Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun norma-lari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo‘llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar kel-tirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi. Negaki, qonun atamalarining noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin, deyiladi sharhda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi”. TII Matbuot xizmati 1 677

RAQAMLI PULLAR

Pul hozirgi kundagi ko’rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirgan. Ba’zi manbalarda yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo’ldi.- Toshkent islom instituti talabasi Islom AZAMJONOV
1 12 13 14 15 16 1 506