Xalqimizda “Imonsizda hayo, hayosizda imon bo‘lmaydi” degan ajoyib bir naql yuradi. Albatta bu hikmatli gaplar bekoriga aytilmagan. Bobokalonlarimiz har bir aytgan gaplarini hayot tajribalaridan, muqaddas kitobimiz Qur’on-u karim va hadisi sharifga to‘g‘ri keladigan va kelajak avlodning komil voyaga yetishi uchun xizmat qiladigan ma’no-mazmunlarda hikmat qilib qoldirilgan. Hayo imondan bir bo‘lak bo‘lib, u imonni sayqal topishida, go‘zal va pokligida muhim o‘rin tutadi...- Toshkent islom instituti talabasi Habibov Abduqahhor