islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Yanvar 19, 2024

Day

Nusrat Allohdandir

Hijriy ikkinchi yilning o‘n yettinchi ramazon kuni, musulmonlar mushriklarga qarshi birinchi urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda edilar. Abu Sufyon boshchiligidagi Qurayshning karvoni Shomdan kelayotgan edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu karvonni to‘sish uchun sahobalarni jangga chaqirdilar. Biroq Abu Sufyon o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, boshqa yo‘ldan yurgani bois musulmonlar karvonni qo‘ldan boy berdilar...- Toshkent Islom instituti talabasi Turdaliyev Abduqayum

Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi

Ali Qushchi ( 1402- 1474) - O‘rta Osiyolik matematik va astronom. Ulug‘bek, Al-Koshiy va Qozizoda Rumiylarning shogirdi. Qozizoda Rumiyning o‘limidan so‘ng Samarqand rasadxonasini boshqargan. Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng Ali Qushchi Forsga ko‘chib ketadi, u yerdan esa endigina turklar tomonidan bosib olingan Konstantinopolga ketib, sulton Mexmed II ga xizmat qiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Tursunov Abduqodir

Eski poyezd

Muhammad Taqiy Usmoniy aytadilar: Bir kuni Hindiston bosh vaziri Pokistonning Lohur shahriga ketayotgan edi. O‘sha joyda kuzatuv paytida doktor Abdulhay Laknaviy ham vokzalda edi. Shu joyda eski bir vagon ham bor bo‘lib, eskiligidan hamma joylari zanglab ketgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan edi, bosh vazir ketayotgan Lohur shahrida poyezd zavodi bor ekan. Lohurga boshqa poyezd yo‘qligi uchun bu vagonni qo‘shamiz deyishdi...- Toshkent islom instituti talabasi Ashurov Mahmudxon

Islomda vatanga muhabbat

Alloh taolo har bir bandaga dunyoda kasb qilgan ishi uchun oxiratda ham nasiba bo‘lishligini bildiradi. Modomiki, Alloh halol qilgan kasb borki, Allohning huzurida, qilgan mehnatlari uchun mukofot bordir. Bu haqda Qur’oni karimda bunday deyiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur…” (An’om surasi, 160-oyat). Oyatdan ma’lumki, Alloh taolo kim qaysi soha va qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar, bir yaxshi amal qilgan kishini o‘n barobar mukofot bilan taqdirlashi nafaqat xizmatni taqdirlash, balki rag‘batlantirish hamdir. Bunday misollar Qur’oni karim va hadisi shariflarda ko‘p uchraydi...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin Jo‘rabek o‘g‘li

Hayo insonning ziynati

Xalqimizda “Imonsizda hayo, hayosizda imon bo‘lmaydi” degan ajoyib bir naql yuradi. Albatta bu hikmatli gaplar bekoriga aytilmagan. Bobokalonlarimiz har bir aytgan gaplarini hayot tajribalaridan, muqaddas kitobimiz Qur’on-u karim va hadisi sharifga to‘g‘ri keladigan va kelajak avlodning komil voyaga yetishi uchun xizmat qiladigan ma’no-mazmunlarda hikmat qilib qoldirilgan. Hayo imondan bir bo‘lak bo‘lib, u imonni sayqal topishida, go‘zal va pokligida muhim o‘rin tutadi...- Toshkent islom instituti talabasi Habibov Abduqahhor
1 2