Imom, hofiz, mujtahid, faqih, sunnatni qayta tiklovchi, Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Farro Bag‘aviy Shofe’iy Kitob va sunnati nabaviyni ixlos bilan o‘rganib, o‘rgatib, ular haqida kitob yozish bilan xizmat qilgan buyuk ulamolardan biridir. Farro: Mo‘ynali kiyimlar ishlab chiqarish va sotishga nisbatan ishlatiladi. Arab tilidagi Bag‘aviy so‘zining: “Bo”, “G‘o”, “Vov” harflari fatha bilan yozilib, bu Xurosonda Marv va Hirot o‘rtasidagi “Bog‘” va “Bog‘shur” nomli shaharga, nisbatan ishlatiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin